£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Kimyo sanoati  Kimyo sanoatini rivojlantirishda gaz, neft, oltingugurt, ozokrit, oshtuzi, 

ohak, grafit, rangli metallurgiya chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil 

bo’ladigan chiqindilar boy xomashyo bo’lib xizmat qildi. 50-yillarda mineral o’g’itlar 

ishlab chiqaruvchi Samarqand superfosfat zavodi, 1962 yilda Farg’ona azot o’g’iti zavodi, 

1965 yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga 

tushirildi. 1985 yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mln tonna mineral o’g’itlar 




 

239


ishlab chiqarildi, bu 1960 yildagidan 7 marta, 1950 yildagiga nisbatan 15 marta ortiq edi. 

Respublika qishloq xo’jaligi mineral o’g’itlar bilan ta’minlandi va boshqa respublika, 

viloyatlarga o’g’itlar chiqarildi. 

O’zbekistonda kimyo tolalari (Farg’ona kimyo tolalari zavodi ), plastmassalar 

(Ohangaron “Santexnik” zavodi, Jizzax plastmassa turbalari zavodi), maishiy kimyo 

mahsulotlari (1971 yilda barpo etilgan Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, 

Namangan kimyo zavodlari, 1971 yilda Toshkent yog’-moy zavodi tarkibida qurilgan 

sintetik yuvish vositalari zavodi) ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 

Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar, kislotalar ishlab chiqarish katta o’rin 

tutardi. Andijon gidroliz zavodi, Farg’ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo’l bioximiya 

zavodi paxta, sholi, paxta chiqindilaridan spirt, oqsil, drojjilari, furan va boshqa 

mahsulotlar tayyorladilar. Farg’onada triatsetiltsellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda 

kaprolaktam ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1960 yilda 235,4 ming tonna sulfat 

kislotalari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1985 yilda 2,3 mln tonna tayyorlandi. 

Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyo vositalari ishlab chiqarish 

respublikaga tiqishtirildi. 1985 yilda 47,9 ming tonna turli zaharli ximikatlar ishlab 

chiqarildi. 

Zaharli vositalarining respublika paxta maydonlarida haddan tashqari keng qo’llanilishi 

natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli - tuman kasalliklarga 

chalindi. Odamlar sog’lig’i hisobiga paxta xom ashyosiga ko’rsatilgan «g’amxo’rlik» 

xalqqa qimmatga tushdi. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling