£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Mashinasozlik sanoati 50-80-yillarda O’zbekiston mashinasozlik industriyasi ko’p
tarmoqli sohaga aylandi. 1985 yilda respublika sanoatida faoliyat ko’rsatgan 1549 ta ishlab chiqarish birlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig’i mashinasozlik tarmog’iga tegishli bo’lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog’i butun sanoat mahsulotining 16 foizini tashkil etardi.
Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog’ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi (Tashselmash) qishloq xo’jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanardi. «Tashselmash» zavodida 1960 yilda 3184 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1985 yilda 9425 ta shunday mashina tayyorlanadi.
1957 yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi «Tashxlopkomash» zavodi bazasida yirik «Tashavtomash» zavodi barpo etildi. Zavodda paxtani qop- qanorsiz tashuvchi transport vositalari va gaz-51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu zavod 1967-1971 yillarda qayta jihozlanib, traktor ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va unga Toshkent traktor zavodi nomi berildi.
1948 yildan boshlab O’zbekiston qishloq xo’jaligi (O’zbekselmash) zavodi o’rish mashinalari, diskli baranalar, charxlash stanoklari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit ekish mashinalari ishlab chiqarardi. 1960 yilda bu zavodda ko’rak chuvish mashinasi, 1965 yilda erga to’kilgan paxtani teradigan, g’o’zapoya yuladigan mashinalar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1956 yilda qurilib ishga tushirilgan Andijon irrigatsiya mashinasozligi zavodida yangi erlarni o’zlashtirish, kanallar va suv omborlari qurilishi bilan bog’liq zovur kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtobenzotsisternalar, er tekislaydigan buldozerlar va skreperlar, greyderlar va kanallar tozalaydigan mashinalar, yuk ortib tushiradigan murakkab mexanizm va uskunalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 50-60-yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijon «Kommunar» zavodida paxta tozalash mashinalari, linterlar, paxta toylarini qabul qilish, saqlash, xillashning ko’p mehnat talab qiladigan jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari, quritish-tozalash asboblari, yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtiriladi. O’zbekiston aviatsiya sanoati ham o’sib bordi. Toshkentda 1941 yilda Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilgan edi. Dastlab u PS-84 va IL-2 samoletlarini ishlab chiqara boshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953 yilda IL-14, 1958 yilda turli tipdagi transport samolyotlari, 1966yilda esa AN-22 samolyotlari tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1972 yilda V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Uyushmaga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh korxona), Andijon mexanika zavodi, Farg’ona mexanika zavodi va Toshkent kislorod zavodi birlashtirildi. Birlashmada samolyot yig’iladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqariladi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov |
ma'muriyatiga murojaat qiling