£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Yoqilg’i sanoati o’sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un toshko’mir
koni o’zlashtirildi va yuqori sifatli qo’ng’ir ko’mir qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli, Jarqoq, Sho’rtepa, Sho’rchi neft konlari o’zlashtirildi. 70-yillarda Farg’ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushurildi. 1959 yili qurilib foydalanishga topshirilgan Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, benzin, dizil yoqilg’isi, parafin va boshqa 35 xil mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonda gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yirik gaz konlarining izlab topilishi va o’zlashtirilishi bilan bog’liq ravishda yuksalib bordi. 50- yillarning ikkinchi yarmida “O’zbekneftegazrazvedka” tresti amalga oshirgan geologik- qidiruv ishlari natijasida 1956 yili gaz zahiralari 500 miliard kubometrga teng bo’lgan, foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O’rtabuloq, Qultog’, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Qoravulbozor, jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topildi. Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250 mln tonna neft zahiralari borligi aniqlandi. 1959 yili Buxoroda neft va gaz qazib olishni yo’lga qo’yish maqsadida “Buxoroneftegaz” boshqarmasi tuzildi. 1958-1960yillarda 767 km uzunlikdagi “Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent” gaz quvuri qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd kub-metr gazga teng edi. 1964- 1966 yillarda Muborak-Toshkent-Chimkent-Almati gaz quvuri qurilib foydalanishga topshirildi. Uzunligi 1317 km, diametri 720 mm po’lat quvurlari orqali Qashqadaryo 238
gazidan O’zbekistonning ko’pgina shaharlari, shuningdek, Qozog’iston va Qirg’iziston xalqi bahramand bo’ldi. Keyingi yillarda Toshkent-Bishkek-Almati oralig’ida ikkinchi gaz quvuri qurildi. Shunday qilib, 1958-1980 yillarda Buxoro va Qarshi, Gazli rayonlaridan Toshkent-Bishkek-Almatigacha yotqazilgan gaz quvurlarining umumiy uzunligi 5686 km (uning 3618 km O’zbekistonda yotqazilgan ), yillik quvvati 23 mlrd kub-metr gaz yoqilg’isini tashkil etardi. 70 yillarda Muborakda qurilgan eng yirik gazni qayta ishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni tozalab berib turdi va yiliga 160 ming tonna oltin gugurt ishlab chiqarishni ta’minladi. 1974-78 yillarda Ursatevsk-Farg’ona quvuri yotqazildi. Uzunligi 677,8 km dan iborat bo’lgan bu gaz yo’lining 425,8 km O’zbekiston, qolganlari Tojikiston hududidan o’tdi. Qashqadaryo va Buxoro “Zangori yoqilg’i”sidan qardosh Tojikiston xalqi ham bahramand bo’ldi. O’zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko’plab boy tabiiy gaz konlarining topilishi va o’zlashtirila boshlanishidan behad xursand bo’ldilar. Har bir oila o’z xonadonida “Zangori yoqilg’i” dan foydalanishni orzu qilardi. Ammo o’zbek xalqi respublikamiz hududida topilgan gaz konlariga xo’jayin emas edi, ularning xo’jayini uzoqda - Moskvada edi. O’zbekiston gazidan qanday foydalanishni Markaziy hokimiyatda o’tirganlar belgilardi. Markaziy hokimiyat O’zbekiston gazidan, avvalo, Uraldagi, SSSRning Evropa qismidagi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlarni gazlashtirishda foydalanishga kirishdi.
1961-63 yillarda zudlik bilan Buxoro-Ural o’rtasida gaz quvuri yo’lining 1-nchi, 2- nchi va 3-nchi navbatlari qurildi. Umumiy uzunligi 6100 km dan uzun bo’lgan Buxoro- Ural gaz transport sistemasining yillik o’tkazuvchi quvvati 21 mlrd kub metr o’zbek zangori oloviga teng edi.
Markaziy hokimiyat bu bilan cheklanib qolmadi, O’zbekiston va Turkmaniston gazini bir yo’la katta miqdorda G’arbiy viloyatlarga uzatish rejalarini tuzdilar. Bu reja O’rta Osiyo-Markaz gaz quvuri nomini oldi. 1965-75 yillarda 2750 km uzunlikdagi O’rta Osiyo-Markaz gaz yo’li qurildi. Ikki yo’llik O’rta Osiyo-Markaz gaz quvurining umumiy uzunligi 5500km bo’lib, bu yo’llar yiliga 80 mlrd kub-metr yoqilg’i uzatish quvvatiga ega bo’ldi. Shunday qilib, o’zbek “zangori yoqilg’isi” uzoq-uzoq joylardagi korxonalar va xonadonlarni isitdi, o’zbekistonliklar, asosan qishloq aholisi yonginasidan o’tgan gaz quvurlariga ming alam bilan qarab qolaverdi, bu mamlakatimiz qaramligining oqibati edi, albatta. 1985 yilga kelib respublikada attigi 2,8 mln kvartira jumladan qishloqlardagi 1,3 mln kvartira gazlashtirilgan edi, xolos.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling