£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
-1985 yillarda Respublika sanoati, uning bir tomonlama
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
5. 1946-1985 yillarda Respublika sanoati, uning bir tomonlama
rivojlantirilishi
hukmron Markaz oliy manfaatlaridan kelib chiqilib, uning «sotsializm va kommunizm jamiyati» qurishdan iborat bosh strategik vazifalari, dasturiy rejalariga asoslanib hamda O’zbekistoning boy xomashyo va mineral resurslaridan maksimum foyda olishni ko’zlab bu sohaga e’tibor qaratib borilgan. O’zbekiston iqtisodiyoti va uning muhim bo’g’ini sanalgan sanoati urushdan keyingi 1946-1950 yillarda tiklandi va rivojlanib bordi. 1946-1950 yillarda 150dan ziyod yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Quvvatiga ko’ra SSSRda uchinchi o’rinda turuvchi Farxod GESning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1- Oqqovoq, 1-Bo’zsuv, 2-Bo’zsuv va boshqa gidroelektr stantsiyalar qurildi. Qora metallurgiya sanoati rivojlandi. O’zbek metallurgiya kombinatining «300» prokat stani va yubqa listli «700» prokat stani qurildi, marten va prokat tsexlari loihada belgilangan quvvatga etdi. «Toshselmash», «O’zbekselmash», «Chirchiqselmash», Samarqandagi «Krasniy dvigatel» va boshqa zavodlar paxtachilik bilan bog’liq mashinalar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. 1950 yilda 4803 ta chigit seyalkalari, 7784 ta traktor kultivatorlari tayyorlandi. 1950 yilda 4641 ta SX-40 paxta terish mashinalari tayyorlandi. Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946 yilda 363 ta bo’lgan bo’lsa, 1950 yilga kelib ularning soni 1251 taga etdi. Shuningdek yoqilg’i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg’ona vodiysida Moylisoy, Shahrixon, Surxondaryoda Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neftni haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950 yilda respublikada 163 mln. tonnadan oshib ketdi. Polvontosh-Asaka gaz quvuri qurildi.
237
Engil sanoat o’sib bordi. Farg’ona va Qo’qonda yangi to’qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. Agar 1941 yilda 107 mln. metr ip-gazlama ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1950 yilda 161 mln. metr ip-gazlama tayyorlandi. 1950-1985 yillar O’zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan biridir. Bir tomondan, O’zbekiston xalqining fidokorona, bunyodkorlik mehnati tufayli Respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchi tomondan, sobiq Ittifoqda hukumron bo’lgan totalitar tuzum, ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy hayotda bir qator muammolar, nohush xolatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling