£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 

ming gektar er, jumladan 26 ming gektar yangi er maydonlari sug’oriladigan, Qizilqum 

sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi.  

 

1953-1963 yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar er 



o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. 

 

50-60 yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg’ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, 



Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari, suvdan tejab 

foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi. 




 

235


 

Sobiq KPSS MQning 1966 yil May Plenumining meliorativ ishlarni kengaytirish 

haqidagi qarori O’zbekistonda yangi erlarni o’zlashtirsh va sug’orish ishlarini yanada 

kengaytirshga asos bo’ldi.  

 

Jizzax cho’lida 70 ming gektardan ko’proq yangi erlar o’zlashtirildi. 



O’zlashtirilgan erlarda Mirzacho’l (1967), Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy 

(1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq 

yashaydigan poselkalar bazasida Paxtakor (1974), Do’stlik(1974), Gagarin (1974), 

Ul’yanovsk(1974), Il’ich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho’lida 1454 ming kv 

metr turar joy binolari, 21,9 ming o’rinli maktablar, 6800 o’rinli bolalar bog’chalari, 

klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973 yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.  

 

Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Xorazm 



viloyatlarida, Qoraqalpog’iston ASSRda ham suv xo’jaligi, yangi erlar o’zlashtirish ishlari 

keng miqyosida olib borildi. 70- yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo’yin, 

Kampirovot daryosi bo’yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar

Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dexqonobod suv omborlari 

bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi. 

 

Shunday qilib, O’zbekiston hududida 1946-65 yillarda qariyib 600 ming gektar 



yangi sug’oriladigan erlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966-85 yillarda 1,6 million gektar 

yangi erlar o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985 yilda 10 miliard kubometr suvni 

to’plovchi 23 suv ombori. 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug’orish tarmog’i, 

92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O’zlashtirilgan qo’riq erlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 

7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o’rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 

ming o’rinli umumta’lim maktablari barpo etildi.  

Qishloq xo’jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo’jaliklarni elektr 

energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari, 

mineral o’g’itlar etkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985 yilda kolxoz va 

sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika 

vositalari bor edi.  

Cho’llarni o’zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni 

obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko’paytirish uchun yuz minglab aholi oilalari 

bilan yashab turgan so’lim maskanlarini tashlab, majburan ko’chirildi. Qanchalab yoshlar, 

yigit-qizlar komsomol yo’llanmasi bilan bu dasht-biyobonli erlarga kelib, og’ir mehnat 

mashaqqatini chekib, davlatga ko’proq «oq oltin» etkazib berish uchun ter to’kdilar. 

Respublikada paxta yakkahokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko’rish 

mumkinki, agar 1950 yilda 1,1 mln gektar erga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985 yilga kelib bu 

ko’rsatkich 2 mln gektargacha etdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 

mln. tonnaga ko’paydi. Ґosildorlik har gektar hisobiga 20,1 ts dan 27,0ts. ga ko’tarildi. 

Respublika qishloq xo’jaligida paxta etishtirish salmog’ining ortib borishi 

davomida o’zbek halqi nomini ne zamonlar dunyoga mashhur qilgan muhim ziroatchilik 

sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa 

mahsulotlar etishtirish asta-sekin kamayib, qisqarib bordi. Eng achinarlisi shuki, 

xalqimizning azaliy mashg’uloti samarasi bo’lgan bu xil mahsulotlarning ko’pi bora-bora 

respublikamizga chetdan keltiriladigan bo’lib qoldi. Masalan, bug’doy, arpa etishtirish 




 

236


imkoniyati katta bo’lgani holda, uni ekish uchun sug’oriladigan erlar ajratilmas, shu bois 

bu ekin turlari asosan lalmikor erlarda etishtirilardi. Ґosildorlik ham gektar boshiga atigi 5-

8 tsentnerni tashkil etardi, xolos. 1985 yilda respublika bo’yicha atigi 387,9 ming tonna 

g’alla etishtirilgan. Bu uning ehtiyojini mutlaqo qanoatlantirmas edi, albatta. 

Chorvachilik, parandichilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirishda respublikaning 

imkoniyat darajasi qanchalik keng va va katta bo’lmasin, biroq bular ham sovetlar davrida 

etarli foyda va daromad bilan ishlaydigan xo’jalik tarmoqlariga aylana olmadi.

 

Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, ob-hayot bilan 



ta’minlash borasida ham jiddiy muammolar kelib chiqib, ularning yillar davomida hal 

etilmay kelishi esa ko’plab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Atrof-

muhitning buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turlarining ortishi, erlarning 

kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat vujudga keldi. 

Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o’g’itlar, aralash birikmalar bilan 

ishlanishi nafaqat erlarning yaroqsiz holatga, tuproq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, 

balki ayni paytda ming-minglab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo’ldi, son-

sanoqsiz kasalliklarning vujudga kelib, keng tarqalishiga olib keldi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling