£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Metallurgiya sanoati 1962 yilda O’zbekiston metallurgiya sanoati kombinatida
uzluksiz po’lat quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 1970-1980 yillarda elektr yordamida po’lat eritish kompleksi va uning ikkita pechi qurib ishga tushirildi. Kombinatda po’lat idishlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Po’lat eritish 1985 yilda 1,2 million tonnaga etdi.
50-yillarda Olmaliq -Angren tog’ sanoati rayonida mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topildi, ularni o’zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bunyod etildi. O’zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg’ona vodiysidagi daryo o’zanlaridan sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli kvarts tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog’ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi. «O’zbek oltin» birlashasi tuzilgach, uning tarkibida Chodak boyitish kombinati(1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi. O’zbekiston hududidagi rangli metall konlariga, shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respublika xo’jayinlik qilmasdi, ularga Ittifoq hukumati xo’jayinlik qilardi. O’zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qaerga olib ketayotganini, qaerda va qancha pulga sotilayotganini bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish ham taqiqlangan edi. Bu holat
240
o’sha paytlarda «O’zbekiston suveren respublika» degan iboraning naqadar yolg’on, quruq gap ekanligini yoqqol ko’rsatuvchi misoldir.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling