£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Oliy va o’rta maxsus ta’lim  Sovetlarning xalq ta’limi sohasida yuritgan  siyosatining   

muhim   yo’nalishlaridan biri, bu oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda 

rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo’lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi 

tuzum g’oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan 

ko’plab yuqori malakali, o’qimishli kadrlarga o’tkir ehtiyoj sezardi, albatta.  

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Turkistonda oliy ta’limni tashkil etish g’oyasini, 

dastavval, o’lkaning ilg’or jadid namoyadalari ilgari surganlar. Xususan, ular tashabbusi 

bilan 1918 yil mayida Toshkentda ilk bor milliy universitet ochilib, u ilmga chanqoq 

ko’plab mahalliy yoshlarni o’z bag’riga olgan edi. Biroq har narsada o’zini ko’rsatishga 

intilgan sovetlar yurtparvar jadidlar tashabbusini bo’g’ib, 1920 yil sentyabrida Toshkentda 

Turkiston Davlat Universiteti tashkil etdilar. Keyinchalik O’rta Osiyo Universiteti 

maqomini olgan bu oliygoh o’lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar 

tayyorlash o’chog’i bo’ldi. Biroq bu o’quv dargohi professor-o’qituvchilarining mutloq 

tarkibi evropalik millat vakillaridan iborat edi. Shu bois unda o’qitish  rus tilida olib 

borilardi. Bu esa mahalliy millat yoshlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tug’dirardi. Shuning 

uchun ham universitet talabalari safida ularning salmog’i juda ozchilikni tashkil etardi. 

Keyinroq 30-yillarda bu bosh oliy o’quv yurti negizida ko’plab turli xil yo’nalishlardagi 

Oliy o’quv yurtlari, jumladan, politexnika, moliya-iqtisod, tibbiyot, qishloq xo’jalik, 

to’qimachilik institutlari, Samarqand davlat universiteti va boshqalar tashkil etildi. 

Shuningdek, bu davrda yuqori malakali pedagogik kadrlarga talab o’sib borganligidan, 

Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg’ona va Namangan singari 

shaharlarda pedagogika va o’qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. Natijada 1932 

yilga kelib respublikadagi jami oliy o’quv yurtlari soni 31 taga etdi. Ulardagi talabalar 

soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi.  Talabalarning soni 1937 yilda 15,5 mingga, 1941 

yilda esa 18 mingtaga etdi.  

O’zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o’rta maxsus ta’lim o’quv yurtlari 

faoliyati ham alohida o’rin egallaydi.   20- yillarda Respublikada 6 ta qishloq xo’jalik 




 

248


texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Ularda 

6800 nafar yoshlar o’qidi. Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta 

pedagogika bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo’lib, ular orqali ko’plab 

bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. XX asr 40-yillari boshlariga kelib 

O’zbekistonda maxsus bilim yurtlari soni 92 taga etgan bo’lib, ularda 12,6 ming nafar 

yoshlar ta’lim olmoqda edi.  

 

F a n   Respublikada ilm-fanning ravnaq topishi ham tabiiy holdir. Yurtning ko’plab 

iqtidorli, zakovatli yoshlari o’zlarini ilm-fanga bag’ishlab, asta-sekin uning cho’qqilariga 

ko’tarilib bordilar. 30-yillarga kelib o’zbek fanining turli yo’nalishlarida o’z yuksak 

salohiyatini namoyon etib, o’z ilmiy maktabiga asos solgan Qori Niyoziy, Abdurahmon 

Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yah’yo G’ulomov, Po’lat Soliev, Toshmuhammad 

Sarimsoqov, Halil Rahmatullin, Habib Abdullaev, Sobir Yunusov singari fan allomalari 

etishib chiqdi. Ayni zamonda respublikada ko’plab ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari 

tashkil etilib, fanning turli dolzarb muammolari ustida  izlanishlar olib bordilar. Bular 

jumlasiga Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy qurilish, 

Huquq-tadqiqot insitutlari, Gidrometrologiya instituti, Geliotexnika labaratoriyasi, 

Astronomiya observatoriyasi va boshqalarni nisbat berish mumkin. Mazkur institutlar va 

ilmiy markazlarga jalb etilgan ilmiy kuchlar, fan fidoyilari ittifoq va respublika 

ahamiyatiga molik qanchalab hayotiy muammolar, masalalarning echimini topishda 

jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ayniqsa paxtachilik, uning  tez pishar, sifatli navlarini 

yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar sa’y - harakatlari bilan yangi 

konlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi. 1927 yilda Farg’ona vodiysida Sho’rsuv 

neft koni ochildi. Tsement ishlab chiqarish uchun xomashyo qidirib topildi.  

Qator mis, oltin, kumush, qalay, marmar konlari topilib, ishga tushirildi.  

Respublikada ijtimoiy fanlar, shu jumladan, tarix va arxeologiya sohalarida ham 

ancha ilmiy-tadqiqot ishlari ko’zga tashlandi.  

Yirik arxeolog olimlar: Ya.G’ulomov, S.Tolstov Xorazmda, M.E.Masson 

Samarqandda, V.A.Shishkin, O.Nabiev, A.T.Okladnikovlar Ohangaron vodiysi va 

Termiz atrofida katta hajmdagi qazilma ishlarini olib bordilar. Boysunda eng qadimgi 

ajdodlarimiz nasliga oid neandertal odami qoldiqlari, madaniy izlari topilishi fanda 

muhim yangilik bo’ldi. O’zbekiston fani markaz olimlari tomonidan ham e’tirof etildi.  

1940 yil 9 yanvarda O’zbekiston XKS (hukumati) huzuridagi Fan qo’mitasi 

negizida SSSR FAning O’zbekiston filiali ta’sis etildi. O’sha kezlarda uning tarkibida 75 

ta ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari mavjud edi. Ular 3024 nafar ilmiy xodimlarni 

o’z safiga birlashtirgandi. Bularning 109 nafari fan doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari 

edilar. 1943 yil 4 noyabrda O’zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi, uning birinchi 

prezidenti etib taniqli olim T.N.Qoriniyoziy saylandi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling