3. Ma’naviy hayot sohalaridagi mafkuraviy cheklashlar, byurokratik
holatlarning avj oldirilishi va uning oqibatlari
Ikkinchi jahon urushidan keyingi O’zbekistonning ma’naviy-madaniy
hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining
bosimi tobora kuchayib borganligiga amin bo’lamiz. Negaki, kommunistik
mafkura butun choralar bilan jamiyat ma’naviy hayotini o’z domiga tortishga,
fuqarolarning ongi, dunyoqarashini o’z g’oyalari, qarashlari ruhida tarkib
toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida
yoxud adabiyot va san’atda birdek namoyon bo’ldi.
Kompartiya va sovet hukumati O’zbekistonda go’yo xalq ta’limi tizimini
rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot bilan bog’lash
bahonasi bilan haqiqatda bu sohaning asl mazmun, mohiyatini mafkuralashtirish
yo’lini tutdi. O’sha davrda xalq ta’limi tizimining hukmron Markaz inon-
ixtiyorida bo’lganligini Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o’quv jarayonining
barcha bo’g’inlariga taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo’llanmalar va
boshqa o’quv jihozlari ham to’liq tasdiq etadi. Sovet mutasaddilari nima
sababdan bu muhim sohani o’z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko’zlagan
maqsadlari ma’lumdir. Shu bois Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek, «Eski
Do'stlaringiz bilan baham: |