£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
S a n ‘ a t O’bekistonda teatr va musiqa san’ati bir muncha o’sdi. Hamza
nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Tsezar», Uyg’unning «Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so’zana», N.Hikmatning «Sevgi afsonasi», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi . O’zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat ko’rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O’zbek davlat orkestri repertuaridan 1300ga yaqin asarlar o’rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal» xoreografik ansabllari ham o’zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg’u ansambllari jamoalarining kontsertlari xalqqa manzur bo’ldi. O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg’ur, E.Bobojonov, A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho’jaev, A.Bakirov, S.Eshonto’raeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamraev, Z.Muhammadjonov, B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san’atkorlar salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’ati dovrug’ini baland ko’targan H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.
1946-1985 yillar O’zbekiston kino san’atining yuksalish yillari bo’ldi. N.G’aniev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo’ja Nasriddinning sarguzashtlari», «Farg’ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo’ldi.
60-70-yillarda o’zbek kino san’atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroev, R.Botirov, E.Eshmuhammedov, H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen etim emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroevning «Shidddat»(1971), R.Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu izlanishlari tasvirlangan.
Tasviriy san’at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O’.Tansiqboevlar devoriy rasmlar, mozaika va manzara janri bo’yicha, V.E.Kaydalov va M.Nabievlar portret janri bo’yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta’mirlash, naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o’ymakorligi, Q.Haydarov va O.Fayzullaev rahbarligida yog’och o’ymakorligi bilan bezatildi. O’zbek tsirk ustalari - Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo’jaevlar, Madalievlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning chiqishlari, nafaqat O’zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi. 256
Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-1985 yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i, aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxasislar, ijodiy ziyolilar darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa asarlari yaratildi, ma’naviy hayotda iste’dodli yoshlar o’rin olib bordi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling