£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
A d a b i yo t Bu davrda o’zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiy sinovlar jarayonini
boshdan kechirdi. O’zining boy tarixiy an’analariga ega bo’lgan bu adabiyot xalq ruhining ko’zgusi sifatida uning ma’naviy hayotida muhim rol o’ynadi. Biroq bu muhim soha faoliyati sovetlarning doimiy nazorati ostida kechdi. Ularning nazarida adabiyot kuchli mafkuraviy qurol sifatida yangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qilishi, millionlar omasini shunga da’vat etmog’i kerak edi. Bu, albatta, har bir ijodkor zimmasiga jiddiy mas’uliyat yuklardi. Negaki, har bir shoir yoki adib sovet mafkurasi talablaridan chetlashguday bo’lsa, o’z xalqining boy tarixiy o’tmishi yoxud ulug’ ajdodlari hayotidan asar yozguday bo’lsa, uning og’ir jazoga ro’baru kelishi hech gap emas edi. Mana, nima uchun 30-yillarda xalqimiz faxru-g’ururi bo’lib qolgan bir qator favqulodda iste’dod sohiblari qatag’on qilindi, ijodlari bo’g’ildi. Xususan, «xalq dushmanlari» tamg’asi bilan nomlari badnom qilingan A.Qodiriy, A.Cho’lpon, U.Nosir, A.Fitrat, Elbek, G’.Yunus, M.Botu singari so’z san’atkorlarining achchiq kismati bunga yaqqol misoldir. Biroq har qanday tazyiqu ta’qiblarga qaramay o’zbek adabiyoti bu yillarda muayyan yutuqlarga erishib bordi. Hamza, S.Ayniy, A.Qodiriy, A.Cho’lpon, A.Fitrat singari katta avlod namoyandalari izidan G’.G’ulom, A.Qahhor, M.Oybek, H.Olimjon, U.Nosir, K.Yashin, R.Uyg’un, Mirtemir, G’ayratiy, Oydin, S.Abdulla singari qalam ahllari adabiyot jarayonga kirib keldi. Ular o’zlarining serqirra ijodlari bilan o’zbek adabiyoti xazinasini boyitishga munosib ulush qo’shdilar. Bu o’rinda A.Qodiriyning «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», A.Cho’lponning «Kecha va kunduz», S.Ayniyning «Odina», «Sudxo’rning o’limi», A.Fitratning «Abulfayzxon», «Hind sayyohi bayonoti», Oybekning «Qutlug’ qon», «Navoiy», A.Qahhorning «Sarob», G’.G’ulomning «Ko’kan», «Yodgor» va shu singari o’z davri uchun muhim voqea bo’lgan, badiiy g’oyasi yuksak asarlarni alohida qayd etmoq lozim bo’ladi. Lekin ne ko’rgilikki, bu adabiyotning ne-ne norlari totalitar tuzum ixtiro etgan qatag’onlik domiga tashlanib, aybsiz ayblanib, qatli om etildilar. Ularning betakror ijodi esa avlodlar nigohidan uzoqlashtirib kelindi. Milliy istiqlol sharofati tufayligina ularning ijodi yangidan dunyo yuzini ko’rib, xalqimiz tomonidan sevib o’qilmoqda va o’rganilmoqda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling