£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
XII BOB. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O’ZBEKISTONNING
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonning ma’naviy-madaniy va ma’rifiy hayoti, unga hukmron kommunistik mafkura ta’siri
- Xalq ta’limi
XII BOB. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O’ZBEKISTONNING
MA’NAVIY-MADANIY QARAMLIGI VA UNING OQIBATLARI
O’rta maxsus ta’lim. Ilm-fan. “Hujum” harakati. Adabiyot va san’at. Kommunistik mafkura tazyiqi.
XX asrning 20-30 yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o’ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechdi.
dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari boshlab yuborildi. Sovetlar O’zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo’l tutar ekan, bundan ko’zlagan asosiy maqsadlari o’lkada xalq ta’limi bo’g’inlarini ravnaq toptirish, xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifatdan bahramand etish orqali yurt farzandlari ongi, shuuriga kommunistik g’oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo’l bilan o’zlariga jo’n xizmat qiladigan avlodni tarbiyalab voyaga etkazish edi. Sovetlar avval boshda O’zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o’ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu erda eski va jadid usulidagi maktablar, madrasalarning ham faoliyat yuritishiga monelik ko’rsatmadi. Buning orqasida bu o’quv dargohlari navqiron avlodga ta’lim berish, ulug’ bobokalonlar merosi va sharqona odob, axloq ruhida tarbiyalashda o’z ulushini qo’shib bordi. Lekin sovetlarning bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular o’lka hayotiga moslashib olgach, 20-yillar o’rtalaridan e’tiboran o’zbek xalqi ma’naviy hayotining ko’p zamonlar uzviy qismi bo’lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim- tarbiya tizimini barham toptirdi. Uning ko’p sonli ziyolilar faoliyati to’xtatib qo’yildi. Ularning taqdir-qismati og’ir sinovlarga duchor etildi. Bu ham sovetlarning tili boshqa-yu, dili boshqa ekanligidan, ularning madaniy siyosati zamirida qanday makkorona maqsadlar yashirinligidan yaqqol dalolatdir. 1920 yil 17 sentyabrda Turkiston ASSR hukumati o’lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan kishilarni o’qitish va savodxon qilish to’g’risida dekret qabul qildi. Bundan ko’zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta’siriga olish edi. Shularni hisobga olib respublikaning turli hududlarida ko’plab savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etildi. Ularga turli yoshdagi kishilar jalb qilinib, savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1-besh yillik (1928-1932 yy.)da O’zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2 besh yillik (1933-1937 yy.) davrida 1 mln.400 ming nafar kishini tashkil qildi. Respublikada boshlang’ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq esa 7 yillik ta’limga o’tilishi ham xalq ta’limi sohasida muhim o’zgarishlardan bo’ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o’qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o’quvchilar soni yil sayin 247
o’sib bordi. Ma’lumotlarga ko’ra, agar 1924-25 o’quv yilida O’zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o’quvchi ta’lim olgan bo’lsa, 1941 yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o’quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming nafarga etgan. Sovet xukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to’liq ravishda o’z izmiga bo’ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o’zbek yozuvini ham isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1928 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o’tildi. Birgina eski o’zbek yozuvini o’zgartirishda qo’llanilgan shoshma-shosharlik respublika xalq ta’limining keyingi taqdiri uchun nechog’lik salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, albatta. Yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlarining moddiy bazasi, zaif bo’lib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmadi. Milliy respublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o’quv qo’llanmalari asosida olib boriladigan bo’lib qoldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 30-yillarga kelib respublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o’tkazish, muallimlar tarkibini elak-elak qilish atayin kuchaytirildi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling