£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

«Hujum» harakati    XX asrning 20-yillarida o’z mohiyati bilan o’zbek xotin-qizlarini 

tutqinlikdan ozod qilishga qaratilgan harakat boshlanadi.  

Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qonun-

qoidalari va an’analari asosida kechgan va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. 



 

249


Jumladan, ular aksariyat hollarda uy-ro’zg’or ishlari va farzand tarbiyasi bilan 

shug’ullanishgan. Sovet hukumati esa bunday turmush tarziga diniy xurofot sifatida 

qaradi. Shu bilan birlikda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila 

muhitidan ozod bo’lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g’oyasi ilgari surildi.  

Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o’zgarib 

boradi. Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma’noda o’zbek 

ayollarini paranjidan ozod qilish yangi tuzum oldidagi muhim vazifalardan ekanligi 

tabiiydir. Biroq bu masalani eng avvalo jamiyat fuqarolari orasida keng ko’lamli 

tushuntirish, ma’rifiy yo’llar orqali hal qilish mumkin edi. Jadidlar rahbarlari 

M.Behbudiy, F.Xo’jaev, A.Fitrat, A.Cho’lpon, A.Avloniylar ham bu masalani hal etishni 

o’z oldilariga muhim vazifa qilib qo’ygan edilar. Shu maqsadda tashkil etilgan respublika, 

viloyat, tuman, shahar sovet tashkilotlari qoshidagi xotin-qizlar bo’limlarida dastlab 

umuman to’g’ri ish olib borilgandi.  

Buning natijasida xotin-qizlar ijtimoiy foydali mehnatga, jamoatchilik ishlariga 

faol tortila boshlagandi. Uni o’zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi. Chunki 

ochiq yurish, yorug’ olamni ko’rish, ilm olish, erkaklar bilan teng huquqli bo’lish ularning 

ham asriy orzusi edi.  

Biroq VKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining 1926 yil sentyabrdagi maxsus qarori 

asosida bu harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi. Oqibatda bu majburiy 

harakat «Hujum» nomini oldi. Biroq bu harakat afsuski, shoshma-shosharlik, 

ma’muriyatchilik yo’li bilan mahalliy shart-sharoitlarni, xalq udumlari, urf-odatlarini 

e’tiborga olmasdan jadallashtirildi. Bunga hattoki erkak kommunistlar ham tayyor emas 

edilar.  

Xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish harakati dastlab ancha sezilarli 

yutuqlarga erishib bordi. 1927 yil bahoriga kelib 100 ming ayol paranji tashladi. Ming-

minglab ayollar korxonalarga, turli yumushlarga tortildilar. Ular orasidan ko’plab 

traktorchilar, brigadirlar, kolxoz raislari, klub va kutubxona mudirlari tayyorlandi. 

Jumladan, 1927-1929 yillarda sudlarning xalq maslahatchilari orasida o’zbek ayollari 563 

kishiga etdi. 1926 yilda birgina Toshkent va Farg’ona viloyatlari «Qo’shchi» 

uyushmalarining 4900 ayol a’zolari bor edi. 1927 yil davomida 7169 ayol kasaba 

uyushmalariga a’zo bo’lib kirdi. 5916 ayol matlubot kooperatsiyalariga a’zo bo’ldi. 2343 

xotin-qizlar davlat organlariga saylandi. 

1927-1928 yillarda «Hujum» harakati yanada keng quloch yozdi. Paranji tashlagan 

ayollar uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktablari tashkil qilindi. 1927 yilda birgina 

Qo’qon okrugida bunday maktablar soni 75 taga etkazildi. Toshkentning eski shahar 

qismida 1409 o’quvchini qamrab olgan 35 ta ayollar maktabi faoliyat ko’rsatdi.  

Biroq bu borada qo’llanilgan zo’rlash, majburlash yo’li va usullari o’zining salbiy 

natijalarini bermasdan qolmadi. Joylarda xotin-qizlarni o’ldirish hollari ruy berdi. 

Masalan, Oltiariq tumani Poloson qishloqlik dehqon Abduqodir Hojimatov o’z xotinini 

osib o’ldirdi. Andijon viloyatida faol ishchi ayollardan sanalgan Xadicha Eshboboeva 

qora kuchlar tomonidan o’ldirildi. Umuman, 1927-1928 yillarda 2,5 mingdan ortiq faol 

ayollar yovuz kuchlar qurboni bo’ldi.  




 

250


Ammo  «Hujum» harakati qiyinchiliklar, chekinishlar bilan bo’lsada, hayotga 

tadbiq etib borildi. Buning natijasida o’zbek ayoli ijtimoiy ishlab chiqarishga, hatto eng 

og’ir mehnat talab qiladigan ishlarga ham tortildi.  

«Hujum» harakatining o’sib borishi davomida 1937 yilga kelib 273637 nafar 

o’zbek xotin-qizlari savodsizlikni tugatish kurslarini muvaffaqiyatli bitirdilar. Ayol 

ishchilar va xizmatchilar soni 1940 yilda 232 ming kishiga etdi. Bu esa butun 

respublikadagi ishchilarning 40,7 foiziga teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3 

qandolatchilikda 65,5, to’qimachilikda 88 foizni tashkil etardi.  

Shu bilan birlikda bu mavsumiy harakat ko’pgina salbiy oqibatlarning yuz 

berishiga ham sabab bo’ldi. «Hujum» harakatida faol ishtirok etib, butun ongli hayoti, 

faoliyatini sotsializm ishiga, uning soxta g’oyalari chinligiga ishongan qanchalab ilg’or 

xotin-qizlar keyinchalik qatag’onlik qurboni bo’ldilar. Bunga o’zbek xotin-qizlari ozodligi 

kurashining taniqli namoyandalari – Tojixon Shodieva, Sobira Xoldorova, Xosiyat 

Tillaxonova, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova singarilarning fojiali 

hayoti to’la misol bo’la oladi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling