£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 Aloqa vositalari   Respublikada aloqa vositalari tarmog’i kengaydi. Urushdan keyingi 

yillarda shaharlararo telefon, telegraf aloqalarining keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel 

va radiorele liniyalari qurildi. 1965 yilda Toshkent Moskva va Ittifoqning boshqa 

shaharlari bilan koaksial kabeli orqali bog’landi. 1971 yilda Toshkentda shaharlararo 

kuchli avtomatik telefon stantsiyasi ishga tushirildi. 1972 yilda Samarqand, Buxoro, 

Termiz, keyinroq Namangan,Qarshi, Farg’onada AMTS-IM tipidagi shaharlararo 

avtomotik stantsiyalar ishga tushirildi. Natijada shahar telefon tarmoqalarining 160 ming 

abonenti o’z telefonlaridan kod yordamida shaharlararo avtomatik telefon aloqasi bilan 

bog’lanish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1985 yilda shaharlardagi telefon stantsiyalarining 

abonent telefonlari soni 953,9 mingtaga etdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi.  1985 

yilda respublikada 4166 pochta, telegraf va telefon aloqasi korxonalari ishladi.  

 

Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956 yil 5 noyabrda O’zbekistonda birinchi 



marta Toshkent televizion markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxirlarigacha Farg’ona 

vodiysi, Samarqand viloyati ham televizion ko’rsatuvlar bilan ta’minlandi. 1977 yilda 

Samarqand va Andijonga Toshkent televideniesining ikki programmasini rangli tasvirda 

uzatishga erishildi. 1978-1979 yillarda Toshkentda balandligi 350 metrli televizion 

minora qurildi. Urganch va Nukusda televizion markaz qurilib ishga tushirildi. 

 

Xulosa qilib aytganda, Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi, boshqa 



mintaqalardagi korxonalar uchun xomashyo bazasiga aylantirildi. Oltin, mis, qo’rg’oshin-

rux, volfram molibden kabi nodir metallar xomashyo sifatida boshqa mintaqalarga olib 

ketilardi. Paxta, kanop mahsulotlarining mo’l-ko’lligi engil sanoatni ustun darajada 

rivojlantirish va katta daromad olish imkoniyatini berardi, ammo bu imkoniyatlar nazar-

pisand qilinmadi. Respublika aholisi boy tabiiy resurslardan, og’ir mehnat evaziga 

etishtirilayotgan qimmatbaho paxta xomashyosidan bahramand bo’lolmadilar. 




 

244


 

Respublikada anchagina sanoat korxonalari qurilgan bo’lsada, ular mustaqil 

ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqaraolmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan 

mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlar mintaqalardan 

keltirilar edi, Respublika korxonalari Ittifoqning g’arbiy respublikalaridagi korxonalarga 

qaram edi. 

70-yillarga kelib chuqur turg’unlik holatiga mahkum bo’lgan O’zbekiston 

iqtisodiyotining tahlili shundan dalolat beradiki, bunda sanoat ishlab chiqarishini 

rejalashtirishda ilmiy aniqlik, real yondashuv, mantiqiy izchillikning yo’qligi asosiy 

sabablardan biri bo’lganligi shubhasizdir. Mustabid sovet hokimiyati belgilagan 

8,9,10,11,12 - besh yilliklar rejalarining norealligi, noizchilligi, etarli ilmiy 

asoslanmaganligi, konkret hayot amaliyoti bilan bog’lanmaganligi oxir-oqibatda ularning 

oldindan barbod bo’lishiga olib keldi. Buning oqibatida xo’jalik tarmoqlarida zo’riqish, 

uzilish holatlari yuz berdi, ishlab chiqarish quvvatlari to’la ishga solinmadi, mehnat 

unumdorligi muttasil kamayib bordi, milliy daromad salmog’i 3-4 baravarga kamayib 

ketdi. 80 yillarga kelib O’zbekistonning eksport salohiyati keskin pasaydi. Buning 

natijasida respublikaning eksport balansida sanoat mahsulotining salmog’i atigi 11 foizni 

tashkil etardi, xolos. Respublika sanoat ishlab chiqarishidagi bunday turg’unlik, 

nomutonosiblik holatlarining yuzaga kelishi, ishlab chiqarish quvvatlarining qisqarib, 

uning salohiyat darajasining pasayib borishi oqibatda O’zbekiston iqtisodiyotining 

umumiy holatiga, aholi keng ijtimoiy qatlamlarining turmush darajasiga salbiy ta’sir 

etmasdan qolmadi. 

Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag’lar taqsimlashning qoldiq printsipi va taqsimotda  

tekischilik tartibining ustun bo’lishi ijtimoiy adolatsizliklarning avj olishiga bois bo’ldi. 

Ijtimoiy tanglik ichkilikbozlik, giyohvandlik, poraxo’rlik singari salbiy illatlarning keng 

yoyilishiga olib keldi. Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag’batlantirish tizimi buzila 

bordi. Ko’p hollarda yuqori malakali mehnatga haq to’lash kamsitildi. Bu aholining 

mehnatga qiziqishi va faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. 

Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida jiddiy etishmovchiliklar, og’riq nuqtalar 

yaqqol ko’zga tashlanib bordi. Iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning tobora yorqin 

namoyon bo’layotgan inqiroziy holatlarini bartaraf etish, O’zbekistonni yuqori taraqqiyot 

darajasiga olib chiqish uchun yangicha yo’l tutish zaruriyati to’liq etilgan edi. 

 



 

245



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling