£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Engil sanoat
Qurilish sanoati 50-80-yillarda O’zbekistonda qurilish materiallari sanoati rivojlandi.
1985 yilda qurilish materiallari sanoatining 1851 korxonasi, 11ta yirik panelli uysozlik kombinatlarida turli xil qurilish materiallari- tsement shifer, asbotsement quvurlar, pardozlash plitalari, issiqni saqlaydigan (termoizolyatsion), gidroizolyatsion materiallari, keramika quvurlari, emallangan cho’yan vannalari, rakavinalar, cho’yan kanalizatsiya quvurlari, keramika buyumlari, sopol quvurlari ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida alibaster, ganch, ohak, cherepitsa, chiy, qamish, plitalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgandi.
barcha omillar - ko’plab paxta, pilla, kanop xomashyosi, yog’ilg’i-energetika, etarli darajada mavjud edi Qolaversa, Respublikaning tez ko’payib borayotgan aholisi engil sanoat mahsulotlarining asosiy istemolchisi ham edi. Tarix bunday omillar davlat mustaqilligi sharoitidagina to’la hisobga olinishi mumkin ekanligini ko’rsatdi. 50-80-yillardagi qaramlik sharoitida O’zbekistonda engil sanoat bir tomonlama rivojlanishga yo’naltirildi. Asosiy e’tibor paxta qabul qilish, paxta tozalash, pillakashlik, qorako’l teriga va kanop tolasiga dastlabki ishlov berish, jun yuvish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. O’zbekiston bunday xomashyolardan tayyor mahsulotlar tayyorlash imkoniyatiga ham, xuquqiga ham ega emas edi. Bu masalani markaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xomashyo Ittifoqning boshqa shaharlariga olib ketilardi va tayyor mahsulotga aylantirilardi, ortib qolgan xomashyo boshqa mamlakatlarga sotilardi va undan katta daromad olinardi.
Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko’pchiligi quritish tozalash tsexlariga ega bo’lgan 490 paxta manzillari ishladi. 70-80 yillarning boshlarida respublika to’qimachilik sanoati korxonalari - Buxoro to’qimachilik kombinati (1973), Andijon ip gazlama kombinati (1979), Nukus ip gazlama kombinati (1983), Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, yirik to’qmachilik kombinatlarining Qo’rg’ontepa, Marhamat, Yangiqo’g’on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G’ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg’ona to’qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960 yildagi 234,7 million metrdan 1985 yilda 395,7 millon metrga ko’paydi. Yiliga Respublikada 1,5 million tonna paxta tolasi etishtirib berilardi. Respublika to’qimachilik sanoati etishtirilgan paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilish va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 90 foizi esa olib ketilardi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling