£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Harbiy safarbarlik  Urushning dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning moddiy va 

ma’naviy kuchlarini urushga safarbar etishga kirishildi. Barcha viloyat, shahar va tuman 

harbiy komissariatlari harbiy xizmat majburiyatida bo’lganlarni safarbar etish bilan 

shug’ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo’lga 

qurol olib frontga jo’nab ketdilar. 

 O’rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan 

o’choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941 yil iyunidan 1942 yil oxirigacha bo’lgan muddatda 

harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy 

Bosh Qo’mondonlik qarorgohi zahirasiga 86 diviziya va brigada jo’natdi. 

  O’zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlari milliy harbiy qo’shilmalar tuzish 

tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil martigacha bo’lgan davrda 14 

ta miliy harbiy qo’shilmalar, jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi 

tuzilib frontga jo’natildi. 

1941 yilda O’zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan,  ularning 

yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo’lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi, 

aniqrog’i 1433230 kishi urushga safarbar bo’lgan.

1 

O’zbek xalqi, keksalar, ota-onalar 

dahshatli sinov paytida o’z farzandlarini frontga jo’natar ekan, ularga mard va botir askar 

bo’l, qahramonlarcha jang qil, g’alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qoldilar. 

O’zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo’jalikni 

harbiy izga tushirish, barcha odamlarni mehnatga safarbar etish, ko’plab jangovar texnika, 

qurol-aslaha, o’q-dorilar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha shoshilinch tadbirlarni 

amalga oshirdilar. 

  1941 yilning oxrigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovar texnika, 

qurollar, o’q dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. Bu korxonalarda frontga 

safarbar etilgan erkaklar o’rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar. Respublika Oliy va o’rta 

maxsus o’quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’limi maktablari 

urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo’naltirildi. Yakka tartibda va brigada 

tariqasida hunar o’rgatish ishlari yo’lga qo’yildi. 

 

Respublikamiz qishloqlarining aholisi 



front va front orqasini oziq-ovqatlar bilan, sanoatni homashyo bilan ta’minlash uchun 

oyoqqa turdi.  

                               

1

 I.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.:O’zbekiston, 1996, 80-bet 




 

274


 

 

 



Urush bo’layotgan va dushman yaqinlanib 

kelayotgan hudulardan muhim sanoat 

korxonalarini, kolxoz, sovxoz va MTS larning 

mulklarini,  

madaniy boyliklar va o’quv yurtlarini Sharqqa, jumladan, O’zbekistonga zudlik bilan 

ko’chirib keltirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan vayron 

qilingan shaharlar va qishloqlarning aholisi, ota-onalari halok bo’lgan bolalar, million-

million kishilar ulkan oqim bo’lib ko’chib kela boshladilar. Kishilik tarixida bunday katta 

ko’lamli mudhish voqea birinchi marta sodir bo’ldi. O’zbekistonga yuzga yaqin sanoat 

korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy texnika 

va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari ko’chirib keltirildi, 

zudlik bilan barpo etilgan binolarga joylashtirildi va montaj qilindi. Ishchi, xomashyo 

jihozlari bilan ta’minlandi va front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 

Toshkentda joylashtirilgan Rostselmash zavodi «Katyusha» va minomet snaryadlari, 

aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar etkazib bera boshladi. 

 O’zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, 

Moldaviya, Boltiqbo’yi respublikalaridan ko’chirilib keltirilgan kishilarni, shu jumladan

etim bolalarni o’z bag’riga oldi. 

 1941 yil 3 dekabrda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 

ko’chirilib keltirilgan fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasidan maxsus qarori 

chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti huzurida 1941 yil 10 iyulda tuzilgan maxsus Respublika 

komissiyasi va Mahalliy sovetlarning ijroiya qo’mitalari qoshida tuzilgan alohida 

bo’limlar kishilarni hisobga olish va joylashtirish bilan shug’ullandilar. Ko’chirib 

keltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashtirildi. 

O’zbekiston bo’yicha 1942 yil bahorigacha ko’chirib keltirilgan 716 ming kishi 

qabul qilinib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun yashash sharoitlari yaratildi. 

  O’zbeklar ko’chirilib keltirilgan ota-onasiz bolalarga alohida g’amxo’rlik qildilar, 

200 ming dan ko’proq etim bolalarni o’z bag’riga oldilar. O’zbekiston SSR Xalq 

Komissarlari Soveti qoshida bolalarga yordam ko’rsatish bo’yicha maxsus komissiya 

tuzildi. O’zbekiston xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-

taqsimlash markazi tuzildi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shahar va tumanlarida 

bolalarni qabul qilish punktlari ochildi, ularda o’qituvchilar kechayu kunduz navbatchilik 

qildilar. Militsiya bo’limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi. 

 1942 yil 2 yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlarning yig’ilishi bo’lib, unda 

respublikamizdagi barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi. Murojaatda etim 

bolalarni o’z tarbiyasiga olishga da’vat etildi. Ko’plab oilalar 4000 dan ortiq etim 

bolalarni o’zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham ko’rdilar. 

  O’zbekistonga G’arbiy viloyatlardagi janglarda yarador bo’lgan minglab askar va 

zobitlar ham olib kelinardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga joylashtirish, salomatligini 

tiklash ishlariga alohida mehribonlik qilindi. Respublikamiz sog’lomlashtirish 

markazlaridan biriga aylandi. 1941 yil 1 oktyabrgacha O’zbekiston sog’likni saqlash xalq 

komissarligi tizimida 14950 o’ringa ega bo’lgan 47 gospital barpo etildi va zarur 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling