275
uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda Moskvadan, Kalinin, Rostov-Don
va boshqa
viloyatlardan 15900 o’ringa (krovatga) ega bo’lgan 48 gospital ko’chirilb keltirildi,
joylashtirildi va ishga tushirildi. Jami 39140 o’ringa ega bo’lgan 113 gospital yarador va
bemor jangchilarga tibbiy xizmat ko’rsatdilar. Sog’ayganlar frontga yoki korxonalarda
ishlashga jo’natib qo’yilardi. Nogiron bo’lib qolganlarga zarur yordam ko’rsatildi, holiga
yarasha ish bilan ta’minlash choralari ko’rildi.
O’zbekistonliklar orasida mudofaa fondini tashkil etish, front uchun issiq kiyimlar
to’plash harakati keng yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy
jamg’armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa fondiga topshirdilar. Mudofaa
fondiga 650 million so’m pul, 22 million so’mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogramga
yaqin oltin, kumush va boshqa qimmatbaho buyumlar to’plandi. Bu jamg’arma hisobiga
respublikamizda tank kalonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoezdlar qurilib frontga
jo’natildi. O’zbekistonlik jangchilarga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo’natib turdilar.
Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo’li bilan anchagina mablag’lar to’plandi. Aholidan
issiq kiyimlar tayyorlash uchun jun, terilar yig’ib olindi. Aholiga davlat zayomi, pul-
buyum lotereyasi sotish hisobiga 4,2 milliard so’m mablag’ yig’ilib g’alaba manfaatlari
yo’lida foydalanildi.
Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O’zbekistonning butun moddiy va ma’naviy
kuchlari fashizmga qarshi g’alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq
Vatan himoyasiga otlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: