£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 O’zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi front xizmatida


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

2. O’zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi front xizmatida 

          

Sanoat  Respublika sanoati urush manfaatlariga moslashtirilgan holda jadal 

rivojlantirildi, yangi tarmoqlar yaratildi. 1941 yil oxirlarida O’zbekistonning 300 

sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi. 

 Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, yangidan 

qurilgan zavodlarning ishga tushirilishi elektr energiyasi va yoqilg’i ishlab 

chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. O’zbekiston partiya va hukumati Ittifoq 

hukumatiga xat yo’llab bu muammoni hal etishda ko’mak so’radi. Tez orada 

1942 yil 10 noyabrda VKP (b) MQ va SSSR Xalq Komissarlari Soveti  

«O’zbekiston SSRda beshta gidroelektr-stantsiya qurilishi to’g’risida» qaror 

qabul qildi. O’zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko’mir va neft qazib 

olishni ko’payttirish tadbirlari ham belgilandi. 

1943 yilda O’zbekistonda eng yirik gidroelektrstantsiya - Farxod GESi qurilishi 

boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farxod qurilishi 

umumxalq qurilishiga aylandi, binokorlik ishlari xashar yo’li bilan bajarildi. 10 oylik 

fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi. 

 Urush yillarida Bo’zsuv daryosi o’zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salar, 

Quyibo’zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, shaharlar va yirik korxonalar yonida kichik 

GESlar ishga tushirildi. O’zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 

baravarga, ya’ni 1940 yilgi 462 mln kilovatt soatdan 1945 yilda 1187 mln kilovatt soatga 

ko’paydi. Urush davrida «Angrenugol» ko’mir konida yana uchta shaxta va ochiq usulda 




 

276


ko’mir qazib olinadigan kar’er bunyod etildi. O’zbekiston va Qirg’iziston chegarasida 

Qizilqiya ko’mir koni foydalanishga topshirildi. 

  1940 yilda O’zbekistonda atigi 3,4 mln tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa, 1945 

yili 103 mln tonna, ya’ni 30 marta ko’proq ko’mir qazib olindi.  

Neft maxsulotlari ishlab chiqarishni keskin ko’paytirish tadbirlari ko’rildi. Neft-

geologiya qidiruv tresti, neft tarmog’i qurilish montaj tresti, neft qazib oluvchi 2 ta trest, 

neft qazib chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodi, neft mashinasozligi zavodi 

barpo etildi. Farg’ona vodiysida ishlab turgan «Andijon», «Polvontosh», «Changartosh», 

«Chimyon» neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish kuchaytirildi. Yangi neft konlari, 

neftni haydash zavodi ishga tushirildi. Urush yillarida Respublikada neft ishlab chiqarish 

4 marta ko’paydi va 1945 yilda 478 ming tonnadan ortdi.  

G’arbdan ko’chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanoksozlik, to’qimachilik va 

mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldin qurilgan respublikamizdagi 

ko’pgina zavodlar ham turli harbiy asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab 

chiqarishga moslab qayta qurildi. 

 O’zSSR XKS 1942 yil 17 iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurish 

to’g’risida qaror qabul qildi. Metallurgiya zavodini qurish butun respublika 

mehnatkashlarining zarbdor ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur mutaxasislar bilan, 

kolxoz va sovxozlar ishchi kuchi bilan ta’minlashdi. Zavod qurilishida 30 mingdan 

ko’proq kishilar ishtiroq etdilar. O’zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944 yil 5 

mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi va tez kunlarda zavodning 

birinchi navbati, 1945 yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi. 

  Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko’plab qora va rangli metall konlari ochildi. 

Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo’ytosh, Qoratepa, Olmaliq rangli metall konlari, 

Oqtosh boksit koni o’zlashtirildi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin 

va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog’lik korxonalar qurildi. 

 Urush yillarida kimyo, qurilish materiallari sanoati, to’qimachilik va poyabzal 

sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga 

oshirildi. Faqat 1943 yilda 12 ta yog’ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta 

konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi. 

 Urush yillarida O’zbekistonda hammasi bo’lib 280 ta yangi sanoat korxonalari 

qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari - aviatsiya, stanoksozlik, og’ir 

mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi. 

Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O’zbekiston Sovet Armiyasining 

qurol aslahaxonasiga aylandi. O’zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 

2318 ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq minomet, 22 mln mina, 560 ming snaryad

milliontacha granata, 330 ming parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan 

ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqa mahsulotlar etkazib berdi. Bu 

o’zbekistonliklarning fashist bosqinchilarini tor-tor etishga qo’shgan ulkan hissasi 

sifatida jahon tarixidan munosib o’rin oldi. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling