£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 


 

347


Muzey  Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va 

mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida 

mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar 

barpo etishga alohida e’tibor berildi. 

Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda 

hofiz Hojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy 

san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining 

Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi

Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima 

Hadicha Sulaymonova muzeyi, o’zbek raqqosasi Mukarrama Turg’unboeva 

muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida 

ko’plab muzeylar ochildi. 

1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya 

shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko’rsata boshladi. Bu muzey o’zbekistonlik 

sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, 

mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo’lib qoldi. 

1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 

Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar, 

qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan 

yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur 

qo’lyozmalari, Ulug’bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan 

ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat 

muzeyi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, 

ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi 

bunyod etildi. 

O’zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini 

tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni va uning 

bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 

dekabrda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari 

to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini 

belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg’armasi, Badiiy 

Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan 

hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo’yicha dastur 

ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey 

eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab-

quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam 

ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda 

«O’zbekmuzey» Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik 

madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi 

va u 1999 yildan boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. 

Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy 

yodgorliklar bilan boyidi. 




 

348


O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta 

muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi

betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va 

aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 

10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 

ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga 

olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida 

butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental 

san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan 

muzeylar sifatida e’tirof etilgan. 

O’zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati 

asarlaridan iborat etnografik ko’rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz 

ma’naviy kamoloti yo’lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar 

respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan 

tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim 

etmoqdalar. Frantsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa 

mamlakatlarda O’zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling