£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’zbekiston bilan AQSh o’rtasida o’zaro
ochildi.
O’zbekiston Prezidenti boshliq davlat delegatsiyasining AQShda bo’lishi chet el sarmoyasi uchun respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi. Safar chog’ida imzolangan hujjatlar Amerika biznesi va sarmoyalarining O’zbekistonga erkin kirib kelishi uchun yanada keng yo’l ochdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik O’zbekistondagi islohotlarni qo’llab-quvvatlash, o’zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo’lidan bormoqda. O’zbekistonda AQShning 28 ta kompaniya, firma va banki o’z vakolatxonalarini ochgan. Bular qo’shma korxonalar barpo etish, savdo-sotiqni kengaytirish ishiga ko’maklashmoqda. 384
2001 yilda O’zbekistonda AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSh sarmoyasi ishtirokida respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo’shma korxona sanoat, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. «Zarafshon-Nyumont», «O’z-Teksako», «O’z-keysmash», «O’z- keystraktor», «O’z-Eksayd», «BiEy Ay»ning Xo’jaobod gaz ombori qurilishi, «ABB Lummus Global» bilan hamkorlikdagi Sho’rton gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O’zbekistonning AQSh bilan savdo aylanmasi 300 mln. AQSh dollardan oshdi.
2001 yil 11 sentyabr kuni xalqaro terroristlar AQShda sodir etgan fojiali voqealar paytida O’zbekiston birinchilardan bo’lib AQSh hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo’lib chiqdi. O’zbekiston AQSh bilan birgalikda xalqaro aksilterror kaoliyatsiyada faol qatnashdi. O’zbekiston bilan AQSh o’rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. 1991 yildan 2001 yil sentyabrgacha tomonlar orasida davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo’lsa, 2001 sentyabrdan 2002 yil apreligacha esa 20 taga yaqin ana shunday tashriflar amalga oshirildi. 2002 yil 11-14 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQShda bo’ldi. AQSh Prezidenti J.Bush va martabali hukumat vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro’-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarda fikr almashdilar. Tashrif yakunida «O’zbekiston bilan AQSh o’rtasida o’zaro
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling