£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

adolatni ulug’lardi…» 

 

 



 

 

 



Chingizxon: «Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan. U sahroda sher kabi 

g’olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir.. «Otaga shunday o’g’il zarurki, u 

ikki girdob – olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi!». (Mirzo Ulug’bek. 

To’rt ulus tarixi. T.: Cho’lpon, 1994, 183-184 - betlar  

 

Shunday qilib, mo’g’ul istilochilari qisqa davr ichida goh beadad qirg’inliklar 



keltirish, goh mahalliy xalqlar orasida g’ulg’ula, xavf-xatar solish, yoxud ular orasidagi 

xiyonatkor, sotqin   unsurlarni  ishga  solish  orqasida  Movarounnahr   va Xuroson 

erlarini egallab, bu hududlarga mislsiz moddiy va ma’naviy zarar etkazib,  o’z 

hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’ldilar. Kechagina gullab-yashnagan vodiylar, 

yam-yashil, obod qishloqlar, suv inshootlari, to’g’onlar yakson etildi, ekin maydonlari 

suvsizlikdan qovjirab qoldi. Buyuk ipak yulining shuhrati so’ndi, shaharlar hayoti fayzsiz 

bo’lib qoldi. Xalqning  ko’p asrlik ma’naviy bisoti, noyob asori atiqalari, qadriyatlari oyoq 

osti qilindi.  

 

2.  Chig’atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti 



 

Chingizxon o’z hukmronligining so’ngi davrlariga kelib, 1224 yilda o’z qo’l ostiga 

kiritgan barcha hududlarni  avlodlari o’rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi 

sohillaridan g’arbga tomon to «mo’g’ullar otining tuyog’i etgan joygacha» bo’lgan erlar, 

Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoliy - g’arbiy qismlari to’ng’ich o’g’li 

Jo’jiga, Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Movarounnahr erlari Chingizning ikkinchi o’g’li 

Chig’atoyga berildi. Uchinchi o’g’il O’qtoyga esa ota ulusi Mo’g’uliston va Xitoy 

ajratildi. Kenja o’g’il Tuluga Xuroson, Eron va Hindiston meros qilib berildi. Keyinchalik 

Chingizxonning jahongirlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Evropaning katta qismini 



 

125


bosib olib, Oltin O’rdaga asos solgan uning nabirasi Botuxon hukmronligi davrida /1227-

1255y./ Movarounnahrning qator hududlari ham uning ta’sirida bo’lgan.  

 

Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o’rtasidagi merosiy bo’linish natijasida 



Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Ettisuv o’lkalari Chig’atoy va uning vorislariga 

o’tib, u Chig’atoy ulusi nomi bilan atala boshladi. Endilikda Mo’g’ul hukmdorlari 

Movarounnahr o’lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo’lmasin, uning 

xalqini yanada itoatda tutish, bu erdan mo’g’ul  zodagonlari uchun ko’proq soliq va 

o’lponlar o’ndirish, qo’shimcha majburiyatlar yuklash harakatida bo’ladilar. Mo’g’ullar 

Movarounnahrni idora etishda tub erlik amaldorlar xizmatidan  ustamonlik bilan 

foydalandilar. Shu o’rinda Mahmud  Yalavoch, Badriddin Amid, Hasan Xoja, Ali Xoja, 

Yusuf O’troriy, Qutbiddin Xabash  Amid  singari  mo’g’ul hukmdorlari bilan yaqindan 

hamkorlik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib o’tish joizdir. Shu boisdan ham 

Chingizxon vafotidan (1227) so’ng ulug’ hoqon bo’lgan O’qtoy /1227-1241/ va 

Chig’atoy ulusi  hukmdori Chig’atoy /1127-1241/ davrida Movarounnahrni boshqarish 

mahalliy yirik savdogar, diplomat, sotqinlik evaziga mo’g’ullar ishonchini qozongan 

Mahmud Yalavoch tasarrufiga berilgani tasodifiy emasdir. U xoqon nomidan raiyatni 

boshqaradi. Uning qarorgohi /poytaxti/ Xo’jand edi. Harbiy hokimiyat, aholini ro’yxatdan 

o’tkazish, soliq yig’ish ishlari doruxachi va tamg’ach  deb  ataluvchi  mo’g’ul amaldorlari 

qo’lida bo’ladi. Mo’g’ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko’p sonli jangchilar Mahmud izmiga 

bo’ysundirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko’plab soliqlar 

undirilgan. 




 

126



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling