£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Jaloliddin, Xo’jand  hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Jaloliddin, Xo’jand 

hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy 

nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’g’risidagi to’g’ri, 

dono maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida 

holda joylashtirish va mudofaachilikdan iborat xato taktikani ma’qul ko’rdi. 1219 yilda  

Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga bostirib kira boshlagach, 

Xorazmshoh o’z tinchi, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin 

xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi (qochishi) xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez 

orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, 

ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xalqning sog’lom, vatanparvar kuchlari esa yurt 

ulug’larining bunday ikkilanishi, xiyonatiga qaramay, muqqadas ona zaminni ko’krak 

kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar. Bu 

mislsiz jangu jadallarda ularning qancha - qanchasi o’zlarini yurt ozodligi uchun qurbon 

qildilar.  

Mo’g’ullarning birinchi hujumiga duchor bo’lgan hudud O’tror bo’ldi. Chingizxon 

va uning lashkarining o’trorliklardan alohida o’chi bor edi.  Negaki, Chingiz yuborgan 

savdo karvoni huddi shu erda saronjom qilinganligi ularning yodidan ko’tarilmagandi. 

Chig’atoy va O’qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal’alariga bosqin uyushtirgan 

kezlarda o’trorliklar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G’oirxon 

/Inalchuq/ va Qorachor bahodirlar etakchiligida tengsiz dushman bilan uzoq vaqt jon 

berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi mislsiz 

bo’ldi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi. 

Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» kitobida ta’kidlanganidek: «... O’trorning 

butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qildilar. …O’tror xisorini qo’lga kiritib, 

er bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba’zilarini hibsga 

oldilar, ba’zilarni esa qul  qilib  haydadilar». 

Mo’g’ul bosqinchilari Movarounnahrning  boshqa hududlarida ham ko’z ko’rib, 

quloq eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-




 

121


yashnagan Buxoro, Samarqand, Xo’jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan 

qilgan behad yovuzliklari misolida ham ko’rish mumkin. Masalan, Chingiz qo’shini 1220  

yilning fevralida musulmon  Sharqining yirik islom  markazlaridan sanalgan Buxoro 

ustiga balo-qazodek yopirilib keladi. Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga 

matonat bilan qarshilik ko’rsatadi.  Bu  esa  Chingizxonni darg’azab etadi. Natijada u 

shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini qirg’in qilishga buyruq beradi. Buxoro 

qamali 12 kechayu-kunduz davom etdi. Mo’g’ullar yondirilgan, kuli ko’kka sovurilgan 

shaharni egallagach, ko’ngillariga siqqan   noma’qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar 

himoyachilari butunlay qirib tashlandi.                  

Chingizxon galalari 1220 yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri 

Samarqandni qo’lga kiritish uchun barcha makkorona tadbirlarni qo’lladilar. 100 mingdan 

ziyod sara qo’shinlar to’plangan, mustahkam  istehkomlar  barpo qilingan shaharga o’z 

kuchlarini tashlab ko’rdi,

 

atrof joylarni oldin bosib olib, shaharni tashqi dunyodan 



ajratishga harakat etdi yoxud  boshqa bahodirlar qo’shinidan qo’shimcha kuchlar  chorlab, 

uch kunlik qattiq jangdan so’ng Chingizxon qo’shini shaharga yorib kirishga va uni 

butunlay o’ziga bo’ysundirishga erishadi.  

Mo’g’ul istilochilariga qarshi ulug’ ajdodlarimizning qahramonona kurashida 

Xo’jand himoyachilari ko’rsatgan favqulodda jasorat alohida o’rin tutadi. Temur Malik 

boshchiligidagi mudofaa kuchlari qariyib 5 oy davomida ko’ksilarini qalqon etib, yovuz 

dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar berib o’z yurtini himoya qildilar, ilojsiz 

qolgan  paytdagina  olov ichida yonayotgan shahar qal’asini tark etdilar. Shunda ham 

Temur Malik bir qism dovyurak, qo’rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo’nalib, maxsus 

orolda joylashib dushman bilan mardlarcha olishadi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda  

mo’g’ullar hujumiga bardosh berib, yo’l-yo’lakay jang qilib, Xorazm sari 

harakatlanadilar. Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik 

faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida davom 

etdi. 


Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo’jand singari hayotiy markazlarining 

qo’ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning 

natijasida hukmdor o’z saltanatining janubiy-g’arbiy hududlari bo’ylab chekinib bordi. 

O’zining kaltabin siyosati, qat’iyatsizligi, qo’rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» 

xukmdor endilikda ojizu notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz qolgan shoh oxiri 

Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O’sha erda katta o’g’li Jaloliddinni taxt vorisi 

etib tayinlab, 1220 yilning  dekabrida xoru-zorlikda  vafot  etadi.    

Jaloliddin Manguberdi Gurganchga etib kelib, shahar mudofaasiga kirishadi. 

Lekin Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb 

e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo’ladilar. Bundan 

habar topgan Jaloliddin Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganchni tark 

etib Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. 

Xorazm poytaxti  Gurganch mudofaasi ham mo’g’ullar istilosi tarixining alohida 

bir fojiali sahifasi bo’lgan, desak xato bo’lmaydi. 1221 yil boshlarida Jo’ji, Chig’atoy va 

O’qtoy askarlari Gurganchga hujum boshlaydilar. Gurganch qamali 6 oy davom etdi, 

hadsiz-hisobsiz qurbonlar berildi. Shahar egallangach, mo’g’ullarning bu erda sodir etgan 




 

122


mislsiz yovuzliklarini bayon etishga qalam ojizlik qiladi. Barcha   erkaklar, bolalar 

qilichdan o’tkaziladi. Xotin-qizlar qip-yalang’och qilinib, bir-biri bilan urishishga majbur 

etiladi, so’ngra mo’g’ul jangchilari tanloviga beriladi, qolganlari qirib tashlanadi. Hech 

kimga shafqat  ko’rsatilmaydi. Shaharning o’zini er bilan barobar qilish uchun Amu 

to’g’oni ochib yuborilib, Gurganch suv ostida qoladi. Shahardagi uzoq asrli ma’naviyat 

durdonalari, qimmatli qo’lyozmalar, kitoblar saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha noyob 

asori-atiqalar er bilan yakson etiladi. 

Muhammad Xorazmshohning o’g’illari: O’zloqshoh va Oqshohlar ham 

mo’g’ullar tomonidan asir olinib, qiynab o’ldiriladi. Podshoh bilan ko’p yillar 

muxolafatchilikda bo’lib, yurtning  parokandalikka, chuqur ziddiyatlarga yo’liqishiga 

sababchi bo’lgan, o’ziga haddan ziyod bino qo’ygan, saltanat ichida saltanat qurgan 

Turkon Xotun qismati ham oxirida fojiali yakun topadi. U ham mo’g’ullar tomonidan asir 

olinib, behisob molu dunyosi talanib, o’zi Mo’g’ulistonga haydab ketiladi. Tarixiy 

manbalarda  Turkon xotunning Chingizxon xotinlaridan biriga cho’ri sifatida tortiq 

qilingani   aytiladi. 

Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob boyliklarga ega 

bo’lgan mo’g’ullar 1221 yil davomida Xuroson o’lkasi hududlari tomon hujum boshlab

birin-ketin Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shaharlar, 

qal’alarni bosib oldilar. Biroq shuni aytish joizki, mo’g’ul bosqinchilari Movarounnahr va 

Xuroson erlarini osonlikcha qo’lga kiritgan emaslar. Ular bu erlarda mahalliy xalq va 

uning qo’rquv bilmas, sheryurak farzandlarining tillarda doston bo’lgilik mardlik 

jasoratlariga duch keldilar, katta talofatlar berdilar. Shu o’rinda Xorazmshohning 

to’ng’ich o’g’li, jasur lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga to’xtalib 

o’tmoqlik  joizdir. U mo’g’ullar  istilosi boshlangan kundanoq doimo yurt himoyachilari 

tomonida turdi, ularga rahnamo bo’ldi. Ona Vataniga bo’lgan cheksiz mehr hissi, 

farzandlik burchi uni shu qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini eshitgan 

Chingizxonning ham sochi tik bo’lib, yuzi tundlashar, uni qo’lga tushirish, yo’q qilish 

chora-tadbirlarini izlardi.  

Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G’azna, Voliyon, Guch, Bust va 

Hindiston hududlarigacha bo’lgan erlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u 

G’azna tomon yurdi, yo’lga ko’pgina qo’shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo’shilib 

bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo’g’ullar qo’shinini tor-mor etib, G’aznaga 

etib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo’shin to’plab, Valiyon qal’asi, Parvon tekisligida 

mo’g’ul qo’shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi.  

Chingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi 

qo’shin tortadi. 1221 yil 25 noyabrda Sind (Hind) daryosi bo’yida tengsiz jang bo’ladi. Bu 

jangda Jaloliddin Manguberdi ko’rsatgan jasoratga mo’g’ul hukmdorining o’zi ham tan 

berib, lol qolgan. Bu hayot – mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek 

jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo’yar edi. Agar 

bu jangni Zolning o’g’li ko’rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo’lini o’pgan bo’lardi».

1

  

                               



1

 Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi., T., Cho’lpon, 1994,182-bet. 

2

 Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. T., 183-184 betlar. 




 

123


Chingizxon lashkari hisobsiz bo’lsada, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari 

parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jang 

oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin 

qora to’riq otiga minib, so’nggi bor mo’g’ullarga hamla qilib, so’ng ot jilovini ortga 

tortadi. Sovutini elkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o’zini 

Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to’lqinlarini shiddat bilan kesib o’tib 

narigi sohilga o’tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq bo’lishadi. Hozirgi 

paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrat», narigi tomoni «Cho’li Jaloliy» deb 

ataladi. 

 

Jaloliddin o’zining botir jangchilari bilan yana o’n yil davomida hali Afg’on va 



Hind, hali Eron yoki Kavkaz orti hudularida paydo bo’lar, yangidan xalq lashkarlarini 

jamlab, mo’g’ul bosqinchilari zulmi va hukmronligiga qarshi tinim bilmay jang qilar, xalq 

erki, ozodligi yo’lida sabot bilan kurashardi. 

Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag’lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman 

oldida bosh egib, mag’lub bo’lmadi. Lekin ne ko’rgilikki, Jaloliddin Manguberdining aziz 

umri yovlar bilan jang maydonida, yakkama-yakka olishuvda emas, balki bir alamzada 

qurdning banogoh tig’idan xazon bo’ldi. Bu mudhish voqea 1231 yilning 17-20 

avgustlarida Ozarbayjon hudularida sodir etildi. 

Jaloliddinning el - ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lidagi fidoyiligi, mislsiz 

jasorati mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasini surayotgan mustaqil O’zbekistonda 

ulug’   ajdodlar ruhining e’zozlanayotgani, jumladan, Jaloliddin Manguberdi qutlug’ 

tavvaludining 800 yillik yubileyi umummamlakat miqyosida keng nishonlanganligi ham 

buning yaqqol ifodasidir.  



 

124


 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling