£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rt ulus tarixi. T.: Cho’lpon, 1994, 183-184 - betlar
- Chig’atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti
adolatni ulug’lardi…»
Chingizxon: «Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan. U sahroda sher kabi g’olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir.. «Otaga shunday o’g’il zarurki, u ikki girdob – olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi!». (Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. T.: Cho’lpon, 1994, 183-184 - betlar
Shunday qilib, mo’g’ul istilochilari qisqa davr ichida goh beadad qirg’inliklar keltirish, goh mahalliy xalqlar orasida g’ulg’ula, xavf-xatar solish, yoxud ular orasidagi xiyonatkor, sotqin unsurlarni ishga solish orqasida Movarounnahr va Xuroson erlarini egallab, bu hududlarga mislsiz moddiy va ma’naviy zarar etkazib, o’z hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’ldilar. Kechagina gullab-yashnagan vodiylar, yam-yashil, obod qishloqlar, suv inshootlari, to’g’onlar yakson etildi, ekin maydonlari suvsizlikdan qovjirab qoldi. Buyuk ipak yulining shuhrati so’ndi, shaharlar hayoti fayzsiz bo’lib qoldi. Xalqning ko’p asrlik ma’naviy bisoti, noyob asori atiqalari, qadriyatlari oyoq osti qilindi.
2. Chig’atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti Chingizxon o’z hukmronligining so’ngi davrlariga kelib, 1224 yilda o’z qo’l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o’rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan g’arbga tomon to «mo’g’ullar otining tuyog’i etgan joygacha» bo’lgan erlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoliy - g’arbiy qismlari to’ng’ich o’g’li Jo’jiga, Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Movarounnahr erlari Chingizning ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Uchinchi o’g’il O’qtoyga esa ota ulusi Mo’g’uliston va Xitoy ajratildi. Kenja o’g’il Tuluga Xuroson, Eron va Hindiston meros qilib berildi. Keyinchalik Chingizxonning jahongirlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Evropaning katta qismini
125
bosib olib, Oltin O’rdaga asos solgan uning nabirasi Botuxon hukmronligi davrida /1227- 1255y./ Movarounnahrning qator hududlari ham uning ta’sirida bo’lgan.
Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o’rtasidagi merosiy bo’linish natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Ettisuv o’lkalari Chig’atoy va uning vorislariga o’tib, u Chig’atoy ulusi nomi bilan atala boshladi. Endilikda Mo’g’ul hukmdorlari Movarounnahr o’lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo’lmasin, uning xalqini yanada itoatda tutish, bu erdan mo’g’ul zodagonlari uchun ko’proq soliq va o’lponlar o’ndirish, qo’shimcha majburiyatlar yuklash harakatida bo’ladilar. Mo’g’ullar Movarounnahrni idora etishda tub erlik amaldorlar xizmatidan ustamonlik bilan foydalandilar. Shu o’rinda Mahmud Yalavoch, Badriddin Amid, Hasan Xoja, Ali Xoja, Yusuf O’troriy, Qutbiddin Xabash Amid singari mo’g’ul hukmdorlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib o’tish joizdir. Shu boisdan ham Chingizxon vafotidan (1227) so’ng ulug’ hoqon bo’lgan O’qtoy /1227-1241/ va Chig’atoy ulusi hukmdori Chig’atoy /1127-1241/ davrida Movarounnahrni boshqarish mahalliy yirik savdogar, diplomat, sotqinlik evaziga mo’g’ullar ishonchini qozongan Mahmud Yalavoch tasarrufiga berilgani tasodifiy emasdir. U xoqon nomidan raiyatni boshqaradi. Uning qarorgohi /poytaxti/ Xo’jand edi. Harbiy hokimiyat, aholini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari doruxachi va tamg’ach deb ataluvchi mo’g’ul amaldorlari qo’lida bo’ladi. Mo’g’ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko’p sonli jangchilar Mahmud izmiga bo’ysundirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko’plab soliqlar undirilgan. |
ma'muriyatiga murojaat qiling