£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Chig’atoy ulusi soliq tizimi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Chig’atoy ulusi soliq tizimi 


 

127


boryotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g’azabga keltiradi va qo’lga qurol olib 

mo’g’ullar zulmini ag’darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning tevaragiga ming-

minglab alamzada oddiy mehnat kishilari to’planishadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar 

aholisi bilan ko’payib borgan qo’zg’olonchilar Buxoroga kelib, mo’g’ul  amaldorlarini, 

shuningdek, mahalliy zodagonlar, sadrlarni engib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari 

Mahmud Torobiy hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e’lon qilishga majbur bo’ladilar. 

Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi 

va  oddiy xalq manfaatlarini ko’zlaydigan bir qator tadbirlar o’tkazadi. Qo’zg’olonchilar 

zarbidan Karmanaga qochgan mo’g’ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar qo’zg’olonni 

bostirish uchun yangidan katta kuch to’playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. Ammo 

bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo’zg’olonchilarning qo’li baland keladi. 10 

mingdan ziyod mo’g’ul askarlari qirib  tashlanadi. Qo’zg’olonchilar mo’g’ullar 

Karmanagacha quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo’zg’olon 

rahnamolari - Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo’ladi. Tez orada 

qo’zg’olonga qarshi yuborilgan Eldiz No’yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo’g’ul 

qo’shinlari Karmani yaqinidagi Malik rabotida qo’zg’olonni bostiradi. Bu jangu jadal 

to’qnashuvda 20 mingdan ziyod qo’zg’olonchilar halok bo’ladi. Garchi bu xalq 

qo’zg’oloni mag’lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erksevar xalqining ozodlik va 

mustaqillik yo’lidagi mardonavor kurashi, qat’iyatini to’la namoyon etdi. Ayni chog’da 

Torobiy qo’zg’oloni mo’g’ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta 

ko’rib chiqish, siyosiy va taktik yo’llarni o’zgartirish uchun muhim saboq bo’ldi. 

Mahalliy xalq orasida ancha obro’sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo’g’ul 

hukmdorlari tomonidan Movarounnahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning 

o’rni katta o’g’li Mas’udbekka berilishi ham  qo’zg’olonning muhim saboqlaridan biri 

bo’ldi. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling