£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Mas’udbek (1238-1289 yy) bir tomondan, hukmron mo’g’ul xonlari, aslzodalari
bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yurgizgan bo’lsa, ikkinchi tomondan mo’g’ul xonlari o’rtasidagi toju-taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o’zaro ixtiloflardan ustalik bilan foydalanib, o’lkada savdo- sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga intildi.
128
Mas’udbek yuritgan siyosat va uning natijalari ¾ Mo’g’ul zodogonlarining yurtda qilgan o’zboshimcha xatti- harakatlariga chek qo’yildi ¾ O’lkada nisbiy tinchlik, yaratuvchilik jarayoni hukm surdi ¾ 1271 yilda o’tkazilgan pul islohoti va bir xil vazndagi sof kumush tangalarning zarb etilishi o’lkaning iqtisodiy-moliyaviy ahvolini, savdo-tijorat ishlarining ancha yaxshilanishiga turtki berdi ¾ Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Farg’ona shaharlarining yangidan tiklanishi, ularning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatidagi mavqei ko’tarildi ¾ Islom dini va uning peshvolari nufuzi tiklandi. Islomning Movarounnahrning rasmiy dini sifatidagi mavqei ortib bordi ¾ Mo’g’ullar va bir qator turkiy qavm, elatlarning Movarounnahrga kelib o’troqlashuvi va muqim yashashga moslashuvi jarayoni faollashdi
Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o’zgarishlarda Chig’atoy ulusi xoni tashabbusi bilan mo’g’ul no’yonlari va shohzodalarining 1269 yilda Talas vodiysida bo’lib o’tgan qurultoyi va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta’siri katta bo’ldi. Mazkur qurultoy barcha mo’g’ul xonlari, aslzodalariga qaerda yashashlaridan qat’i nazar mahalliy aholi hayoti, turmush tarziga aralashmaslik, belgilab qo’yilgan soliq, to’lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr erlariga ko’chib, asta-sekin o’troq hayotga o’ta borishga da’vat etdi. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo’g’ullarning mahalliy aholiga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari ham keskin o’zgarib bordi. Mo’g’ul hukmron doiralarining bil qismi erlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo- sotiq, hunarmand tabaqalari bilan umumiy til topib, o’z qarashlarini o’zgartirib, musulmon ruhoniylariga hayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo’la boshladilar. Chig’atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo’ldi. Shuningdek, mo’g’ul qabilalari, elatlari bilan birga XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko’plab turkiy urug’-qavmlar ham Movarounnahrga kelib o’rnasha boshladi. Jumladan, barloslar Qashqadaryoda, jaloirlar Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg’oniston shimolida, kavchinlar Tojikiston janubida, turkiylashgan mo’g’ullar urug’i-so’fiylar Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa turkiy xalqlar, elatlarning o’lkadagi mavqeining yanada mustahkamlanishiga, turkiy til va uning shevalari ta’sirining ortib borishiga bois bo’ldi. XIV asrdan boshlab Chig’atoy ulusida mo’g’ul xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar, dastavval, Chig’atoy xonlaridan Duvoxon /1282- 1306/, uning o’g’illari Kebekxon /1318 - 1326/, Tarmashirin /1326 - 1334/ nomlari bilan bog’liqdir. Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo’lgan Mas’udbek sa’i- harakatlari bilan shaharsozlik rivojlanganligi, savdo-sotiq ahli katta naf topganligi, qishloq xo’jaligi ancha yuksalganligi ko’zga tashlanadi. Kebekxon esa o’z qarargohini mo’g’ul hukmdorlari orasida birinchi bo’lib Movarounnahrga ko’chirdi. Qashqadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq bo’lmagan joyda uning buyrug’i bilan saroy /mo’g’ulcha 129
ma’nosi «qarshi»/ bunyod etilib, Qarshi nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o’sha davrning muhim voqealaridan bo’lgan. Kebekxonning muhim xizmatlaridan yana biri - bu uning pul va ma’muriy- hududiy sohalarda o’tkazgan islohotlaridir. Xususan 1321 yilda o’tkazilgan pul islohotida xulagiylar davlati va Oltin O’rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og’irligi 8 grammlik kata kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etildi. Katta tanga «dinor» deb, kichik tanga «dirham» deb atalgan. Yangi pul birligi «Kepaki» nomi bilan mashhur bo’lgan. Islohotning dastlabki yillarida Kebek nomi bilan mashhur bo’lgan bu tangalar ko’plab hajmlarda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu ikki xil qimmatga ega bo’lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida O’trorda ko’plab kumush tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va ichki savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. Ma’muriy islohotga ko’ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga, viloyatlar tumanlar (mo’g’ullar tartib qilgan 10 ming askar beradigan, aholisi 40-50 ming nafar bo’lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos etsa bo’ladi - izoh) ga bo’lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg’ona viloyatida 9 ta tuman tarkib topgan. Kebekxonning o’lkada tinchlik, osoyishtalik va totuvlik o’rnatish borasidagi siyosatini Tarmashirin izchil davom ettirdi. U islomni qabul etib, uni davlatning rasmiy dini darajasiga ko’tardi. Kebekxon yo’nalishida siyosat yurgizgan mo’g’ul xonlarining navbatdagi vakili Qozonxon /1334-1346/ ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tubjoy aholi manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo’g’ul va turk amirlari, no’yonlarining olib borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi. U o’zi uchun qarorgoh sifatida Qarshi bilan Buxoro oraligida (hozirgi Muborak tumani hududida) mashhur Zanjirsaroy qal’asini qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, ko’chmanchi mo’g’ul amirlarining kuchayib borayotgan ta’siri va fitnasi oqibatida 1346 yilda Qozonxon qatl etiladi. Shundan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan amir Qazog’on (1347-1358) mo’g’ul zodagonlari manfaatlarini yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o’zi ham bir joyda muqim yashamasdan ko’p vaqtini bosqinchilik yurishlarida o’tkazardi. Buning oqibatida uning davrida mahalliy aholi tub manfaatlari bilan mo’g’ul hukmdorlari manfaatlari bir-biriga tobora zid kela bordi. Bu esa Movarounnahrda yana siyosiy vaziyatning keskinlashuviga, hokimiyatga intiluvchi kuchlarning faol harakatga kelishiga sabab bo’ldi. XIV asrning 40 - yillarida Chig’atoy ulusi ikki qismga: Ettisuv, Sharqiy Turkistondan iborat Mo’g’ulistonga va Movarounnahrga bo’linib ketdi. 1348 yilda Chiqatoy naslidan bo’lgan Tug’luq Temur Mo’g’uliston xoki etib ko’tarildi. Movarounnahrda hokimiyatni egallagan amir Husayn 1358 yilda o’ldiriladi. Bunday sharoitda Movarounnahr yurtini birlashtirish, mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchalik, boshboshdoqlik harakatlariga chek qo’yish, jafokash xalqni mo’g’ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos etish va unda qudratli markazlashgan davlat barpo etishdan iborat yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqazosi bilan kun tartibiga qo’yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug’ bobokolonimiz Amir Temurga nasib etdi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling