132
Sinov savollari
1. Chingizxon shaxsi to’g’risida nialarni bilasiz?
2. Chingizxon 1219 yilgacha qanday hududlarni istilo etgan edi?
3. Muhammad Xorazmshoh davlatining ichki ahvoli qanday edi?
4. Movarounnahr shaharlari qanday mudofaa qilindi?
5. Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning mo’g’ullarga qarshi qurashlardagi beqiyos
jasorati haqida so’zlang.
6. Jaloliddin Manguberdi yubileyi yurtimizda qachon va qanday nishonlandi?
7. Chig’atoy ulusi qanday vujudga keldi, u qay tarzda boshqarildi?
8. Mo’g’ullar mahalliy aholiga qanaqa soliq va to’lovlar soldi?
9. Mahmud Torobiy qo’zg’oloni to’g’risida tushuncha bering.
10. Torobiy qo’zg’oloni nima uchun mag’lubiyatga uchradi?
11. Mas’udbekning Movarounnahrdagi boshqaruvchilik va islohotchilik faoliyati
haqida so’zlang.
12. Kebekxon o’lkada qanday o’zgarishlarni amalga oshirdi?
13. Nima sababdan XIV asrning 40-60 yillariga kelib Chig’atoy ulusi iqtisodiy
tushkunlik, hududiy parchalanishga yuz tutdi?
14. Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy-ma’naviy
hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
15. Bu davrga xos O’rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati namunalaridan nimalarni
bilasiz?
16. Turkiy (eski o’zbek) adabiyot ijodkorlari asarlaridan so’zlab bering.