£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adolat va ozodlik
Amir Temurning shaxsiy fazilatlari ¾ Ma’rifatparvarlik, ilmparvarlik ¾ Donishmandlik ¾ Raiyatparvarlik ¾ Adolatparvarlik ¾ Kechirimlilik, rahimdillik ¾ Olijanoblik ¾ Mardlik, bahodirlik ¾ Qattiqqo’llik ¾ Irodalilik ¾ Jasoratlilik ¾ Sobitlik, vazminlik, chidamlilik ¾ Sabr-bardoshlik, insoflilik ¾ Mehribonlik, muruvvatpeshalik
134
Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim. gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim.
«Hamisha xalq g’amini, yurt g’amini o’ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog’i ostida toptalgan o’lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do’stlar, barchamiz yakdil bo’lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O’zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. Bu yo’lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin» degan dono o’gitlari doimiy shiorimiz bo’lsin»
Amir Temur turkiy barlos urug’ining biy(urug’ oqsoqoli)laridan bo’lmish Muhammad Tarag’ay va Buxoro shariat qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo’lib, 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topgan. Uning to’liq ismi sharifi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Burkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60-yillarida mo’g’ullarning Chig’atoy ulusidagi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346 yili Chig’atoy ulusi xoni Qazonxon amir Qazog’on tomonidan o’ldiriladi. 1358 yilda amir Qozog’on ham o’ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O’lkaning turli hududlarida mustaqillik da’vosi bilan ish ko’rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug’dirayotgandi. Ulus o’ntacha mustaqil bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularning beklari o’rtasida doimo nizo, janjal bo’lardi. Buning ustiga o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida 1360 yilda Movarounnahrga katta qo’shin tortib kelgan Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur 1 xuruji
ham dard ustiga chipqon bo’lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida hozir bo’lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish ko’rish, o’z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to’plash, so’ngra qulay imkoniyat tug’ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi. Temurbek uddaburonlik bilan o’ziga xos taktika qo’llab, o’zining bosh orzu- maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqozasi bilan vaqtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 1361 yilda Tug’luq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil muddat o’tar-o’tmay, Balx hokimi, kelib chiqishi Chingiziylar nasabidan bo’lgan Amir Husayn bilan do’stlashib, u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. U 1362-1364 yillarda mo’g’ul qo’shinlariga bir necha marta zarba beradi. Tug’luq Temurning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yil bahorida Movarounnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo’yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn
1 Bu erda gap Chig’atoy ulusining bo’linishi natijasida tashkil topgan. Mo’g’iliston nomi bilan atalgan xonlik hukmdori to’g’risida borayapdi. 135
qo’shininig Ilyosxo’ja boshliq mo’g’ul qo’shinidan kutilmaganda engilishi Amir Temur uchun juda katta saboq bo’ldi. Ilyosxo’ja qo’shinlari Samarqandga tomon yurdi. Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi (Samarqand hokimi qochib ketgan edi) mudofaaga ko’tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand uning markaziga aylandi. Harakatga tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo’rdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida to’plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da’vati bilan mo’g’ullarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo’ja Samaraqandda katta zarbaga uchrab Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Samaraqandda hokimiyat sarbadorlar qo’liga o’tadi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko’radi, mo’g’ullarga tarafdorlik qilganlarning er va mulklari musodara etiladi. Samarqand sarbadorlari g’alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur 1366 yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Husayn hiylasi bilan sarbadorlar boshliqlari qo’lga olinib, o’ldiriladi. Amir Temurning sa’y-harakatlari tufayligina Mavlonozoda tirik qoladi. Movaraunnahrda hukmronlik amir Xusayn qo’liga o’tadi. Amir Husayn Movarounnahrda Amir Temurni qoldirib o’zi Xurosonga ketadi. Amir Temurning keyingi jo’shqin faoliyati davomida uning amir Husayn bilan ittifoqi mustahkam bo’lolmadi. Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo’lgan amir Husayn qanday qilib bo’lmasin Amir Temurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmaydi. Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o’rtalarida sadoqat va do’stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat’iy qilingan edi. Ammo Amir Husaynning ko’ngli makr va g’addorlik o’y-hayolidan bo’shamasdi» (Sh.Yazdiy. «Zafarnoma», 207-bet). Xalqimizda «birovga choh qazisang, o’zing yiqilasan» deyilganidek, amir Husayn ham o’zi qazigan chohga o’zi yiqildi. Vaziyat taqozasi bilan Amir Temur amir Husayn o’rnashib olgan Balxga 1370 yilning bahorida qo’shin tortib boradi va uni mahv etadi. Shundan so’ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lib qoldi. Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo’lga kiritgan Amir Temur oldida hali g’oyatda katta, murakkab vazifalar ko’ndalang bo’lib turardi. Eng asosiysi, mamlakat hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Buningsiz mamlakat taraqqiyotini olg’a bostirish, uning dovrug’ini jahon miqyosiga ko’tarish mumkin emasdi. Shu boisdan dastlab Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi hududlar diplomatik yo’l bilan birlashtirildi. Amir Temur sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo’g’ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator hududlar egallanadi. Ko’p o’tmay Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning tasarrufiga olindi. Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo’g’uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Uning qudratli mo’g’ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib borgan ko’p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo’g’ullar asoratidan xalos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O’z tasarrufida
136
Qoshg’ar, Issiqko’l va Ettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369 yili Ilyosxo’jani taxtdan ag’darib, Mo’g’uliston xoni bo’lib ko’tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389 yillar davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jangu jadallar oqibatida Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo’shib olindiki, bu hol yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling