£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 XIII-XIV asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

3. XIII-XIV asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti 

 

Bosqinchi yovlar azaldan yuqori tsivilizatsiya o’chog’i sanalgan, ulug’ 



ajdodlarimiz aql-zakovati va donishmandligi bilan yaratilgan yuksak moddiy va ma’naviy 

madaniyat, betakror obidalar, asori-atiqalar makoni bo’lgan bu azim yurtni qanchalik 

xonavayron etmasinlar, biroq xalq irodasini, uning buyuk bunyodkorlik, ijodkorlik 

salohiyatini so’ndira olmadilar. Aksincha, bu yurtning mag’rur va erksevar kishilari, bir 

tomondan, muqaddas Vatan tuyg’usini dillariga mustahkam jo aylab, ozodlik va 

mustaqillik yo’lida jonbozlik bilan kurash olib borgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan esa, 

ular asriy xalq an’analari, udumlariga sodiq qolib, yaratuvchilik ishlari bilan mashg’ul 

bo’lganlar. Zero, o’lmas xalq dahosi bu davrda ham yangi-yangi salohiyatli ijodkorlar 

avlodini etishtira borgan. Shu boisdan  sahroyi mo’g’ullar xarobazorga aylantirgan 

kultepalar o’rnida ko’p o’tmay yangidan ko’rkam shaharlar, me’morchilik obidalari qad 

rostlab, hayot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy xalq orasidan etishib chiqqan 

ajoyib me’morlar, naqqoshu-hunarmandlar sa’y-harakati, mahorati bilan betakror moddiy 

madaniyat namunalari yaratilib, bundan o’lka hayoti o’zgacha fayzu manzara kasb etib 

bordi. Bu davrda bunyod etilib, gavjum savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlariga 

aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch, qaytadan ta’mirlanib chiroy ochgan, oldingi 

mavqeini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz singari shaharlar, ularning o’ziga 

xos me’morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Ko’hna Urganchda qad ko’targan, 

balandligi 62 metrli ulug’vor minora XIII asr arxitekturasining noyob yodgorligi 

hisoblanadi. Samarqanddagi  Shohizinda  majmui,  Buxorodagi Bayonqulixon, Ko’hna 

Urganchdagi Najmiddin Kubro, To’rabekxonim, Muhammad Bashar maqbaralari, 

Xo’janddagi Tubaxon maqbarasi va shu singarilar XIV asrning nodir me’moriy 

yodgorliklari sirasiga kiradi. 

Xalq amaliy san’ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu 

jumladan, ko’zalar, chinni buyumlar, uy-ro’zg’or ashyolari, binolar peshtoqiga bitilgan, 

san’at darajasidagi nastalik bitiklari - bular O’rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIV 

asrlarda ham rivojlanishda davom etganligidan shahodat beradi. Bu davrda ilm-fan, 

ayniqsa tarixshunoslik rivojida ham muayyan yutuqlar qo’lga kiritildi. Tarixshunos 

Juvaniyning «Tarixi jahongusha» /Jbhon fotihi tarixi/, Rashididinning «Jomeut-tavorix» 

/«Yilnomalar majmuasi»/ asarlari mo’g’ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini chuqur 

o’rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi. 

Shuningdek, o’lkada badiiy adabiyot sohasi ham anchayin ravnaq topdi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling