Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek, qizlari - Og’a begim, Sulton Baxt
begim va Og’a begimning o’g’li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi.
Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul, Qandahar va Shimoliy Hind
erlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuhammad (Jahongir Mirzo o’g’li) egallashi kerak
edi. Biroq shahzoda Halil Sulton (Mironshoh o’g’li)ning o’zboshimchalik bilan
Samarqandni egallab, o’zini hukmdor deb e’lon qilishi, tabiiyki, boshqa shahzodalarning
ham qo’zg’alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada
g’arbiy hududlarning ancha qismi mustaqil bo’lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda
turkmanlarning Oq quyunli va Qora quyunli sulolalarining Temur saltanatiga
bo’ysunmaslik va unga qarshi qarshilik harakati kuchaydi. Amir Xudaydod va Shayx
Nuriddinlar esa Movarounnahrning turli hududlarida bosh ko’tardilar. Faqat qat’iyatli,
shijoatli Shohruh Mirzo bu qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va
140
Movarounnahrda hokimiyat jilovini qo’lga kiritadi. U 1409 yilda Movarounnahrdagi
vaziyatni o’z foydasiga hal etib, uni katta o’g’li Ulug’bekka topshiradi. O’zi esa Xuroson
hukmdori bo’lib qoladi (1407-1447).
Do'stlaringiz bilan baham: |