£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Ahmad (1468-1493), Sulton Mahmud (1493-1494) va Sulton Ali Mirzo (1494-1501)
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bobur Mirzo 1 (1482-1530)
- Husayn Boyqaro (1438-1506)
Ahmad (1468-1493), Sulton Mahmud (1493-1494) va Sulton Ali Mirzo (1494-1501)
davrida yurtning yanada ichki ziddiyatlaru tanazzullikka yuz tutishi pirovard oqibatda Temuriylar hukmronligining barham topishiga olib keldi. XV asrning 90-yillari boshlarida Farg’ona mulkida Umarshayx Mirzo vafotidan so’ng hokimiyat jilovini 142
qo’lgan olgan uning o’g’li navqiron va shijoatli Bobur Mirzo 1 (1482-1530)ning Temuriylar saltanatini tiklash va saqlab qolish yo’lida Muhammad Shayboniyxonga qarshi olib borgan bir necha yillik jangu jadal harakatlari ham natijasiz tugadi. Buyuk orzulari sarobga aylangan, vujudini umidsizlik qoplagan Bobur Mirzoning shundan so’ng Afg’on va Hind erlari sari bosh olib ketishga majbur bo’lganligi boisi ham mana shundandir. Xurosonda XV asrning ikkinchi yarmida Abusaid Mirzo o’limidan so’ng (1469) hokimiyatga kelgan Husayn Boyqaro (1438-1506) davrida bu o’lkaning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab muhim o’zgarishlaru siljishlar yuz berdi. Buning boisi shundaki, Temuriy shahzodalar ichida ja’sur va tadbirkor, salohiyatli va ma’rifatli hukmdor bo’lgan Husayn Boyqaro o’zining salkam 40 yillik hukmronligi davrida Xurosonda katta xayrli ishlarni amalga oshirish, saltanat qudratini ko’tarishga muvaffaq bo’ldi. Bu ulug’vor ishlar va sa’y-harakatlarda uning maktabdosh do’sti, buyuk donishmand siymo, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari (1441-1501)ning roli beqiyosdir. Ulug’ Navoiyning Boyqaro saroyida birinchi vazir sifatida katta mavqe va nufuzga ega bo’lishi, albatta, ko’plab muhim davlat masalalarini oqilona, raiyat foydasiga hal etishda qo’l kelgan. Ayniqsa poytaxt Hirot va uning tevarak-atroflarida qanchalab obodonchilik ishlarini ro’yobga chiqarishda, ko’plab salobatli me’morchilik obidalari, xalq xo’jalik inshootlarini barpo etishda bu ikki ulug’ zotning bahamjihat sa’y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Tarixchi Xondamirning ma’lumoticha, Husayn Boyqaro davrida bunyod etilgan yirik inshootlarning soni 40 dan ortadi. Hirotda bunyod etilgan o’nlab ko’rkam masjidu madrasalar (shu jumladan 403 gumbazi, 130 ta ravoqi va 44 ta ustuni bo’lgan ulkan jome’ masjidi), shifoxonayu hammomlar, ilm maskanlari, suv inshootlari - bular Xuroson davlatida kechgan katta bunyodkorlik ishlaridan yaqqol nishonadir. Choshmag’ul mavzesida A.Navoiy tashabbusi bilan Turuqband suv omborining qurilishi Mashhad va uning atroflarini ob-hayot bilan ta’minlashda benazir ahamiyatga ega bo’lgan. Biroq neajib holki, Husayn Boyqaro davrida Xurosonda ham ichki ziddiyatlarning kuchayib borishi, bek-amaldorlarning fitna-fasodi, sotqinligining avj olishi, yosh shahzodalar o’rtasida nizolarning kelib chiqishi, gazak olib borishi davomida XV asr oxirlariga kelib inqiroz sari yuz tutib bordi. Ayniqsa Husayn Boyqaroning sevimli nabirasi shahzoda Mo’min Mirzoning fojiali o’limidan keyin podsho bilan uning o’g’illari o’rtasidagi nizolar to’xtovsiz kuchayib bordiki, uni bartaraf etishning sira iloji ko’rinmay bordi. Hatto bu ishga qo’l urib, ota-bolalar o’rtasidagi dushmanlikka nuqta qo’yish, ularni murosaga keltirib, saltanat birligi, tinchligi va osoyishtaligini qaror toptirishga uringan Alisher Navoiydek buyuk zotning sa’y-harakatlari ham behuda ketdi. Bu esa Movarounnahr hududlarini egallab, Xuroson sarhadlariga ko’z tikib turgan Muhammad Shayboniyxon beklari va amirlari uchun qo’l keldi. XVI asr boshlariga kelib, ya’ni Husayn Boyqaro vafotidan so’ng (1506) Xuroson erlari tomon yurish boshlagan
1 U Temuriylar avlodiga mansub Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi, Umarshayx Mirzoning o’g’li. Bobur ona tomondan Mo’g’uliston xonlaridan bo’lgan Yunusxonning nabirasi, Qutlug’ Nigorxonimning farzandi. 143
Shayboniyxon qo’shini Badiuzamon va Muzaffar Mirzo qo’shinlarini birin-ketin engib, tez orada butun Xuroson o’lkasini o’z qo’l ostiga kiritib oladi. Xuddi shu o’rinda tarixiy asosga qurilgan bir ibratli jonli lavhani muhtaram talabalarimiz e’tiboriga havola etmoqchimiz: Bu 1497 yilda sodir bo’lgan edi. Mo’min Mirzo zanjirband holda Xirotning Ixtiyoriddin qal’asida maxbuslikda edi. U Qur’oni Karimning «Yosin» surasini qiroat qilardi. Bobosi Husayn Boyqaroning o’z nabirasi Mqmin Mirzoni bo’g’ib o’ldirish to’g’risida muhri bosilgan farmonni (uni shohning sarmastligidan foydalanib Hadichabegim boshliq fitnachilar qo’lga kiritgan edilar) ko’tarib xonaga 4 jallod yarim tunda kirib keladi. Mo’min Mirzo bobosi farmonini o’zi o’qib ko’rishini, muhrini o’zi aniqlashini amirona talab qiladi. Jallodlar rozilik berishadi. Shahzoda «Bobom muhri chekilgan bul farmon men uchun tabarrukdir» deya farmonni avval ko’ziga surtadi, o’padi va keyin esa o’qiydi. Farmonda, jumladan, shunday mudhish satrlar bor edi: «Nishon etishi ila paysalga solmay Muhammad Mo’min Mirzoni kamon ipiga tortib, yo’qlik chillaxonasiga jo’natilsin». Mo’min Mirzo o’zini dadil, mardona tutib, jallodlarga bunday deydi: «ishingiz bitgach, bobomning bul farmonini o’sha kamon ipining bir qarichi ila bog’lab o’zlariga qaytarib bering. Bul mening so’nggi vasiyatimdir. Ularga aytingki, o’z avlodi ila murosaga kelolmay, jallod xizmatiga muhtoj podshoh saltanati uzoq cho’zilmaydi. Bobo, ehtiyot bo’ling! Al-qasosu minal haq!». Shu so’zlarni aytish asnosida u erdan kishan zanjirini olib boshi uzra aylantiradi, ikki jallodni yaralaydi, biroq kuchlar nisbati teng emasdi. Qolgan ikki jallod uni yiqitib, farmonda aytilgan kamon ipi bilan bo’g’ib o’ldiradilar. Zotan, 1506 yilda Husayn Bayqaroning xushidan ketishi, o’ldi deb ko’milishi, qabrda xushiga kelishi, chiqishga urinishi, ammo chiqa olmaganligi – bular aslida «Al- qasosu minal-haq» in’ikosidir. Shu tariqa, qariyb bir yarim asr davom etgan, o’z davrida Vatanimiz nomini shonu shuhratga burkagan, uni ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga olib chiqqan, ulug’ ajdodlarimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan Temuriylar saltanati hukmronligi tarix taqozasi bilan halokatga mahkum bo’ldi. Biroq bu murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayon keyinchalik yangi-yangi avlodlar uchun juda ko’plab hayotiy masalalarning mag’zini chaqish, istiqlolni tiklash yo’lida bitmas - tuganmas saboq va o’rganish manbai bo’lib xizmat qildi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling