£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

 

 

 

Qo’ng’irotlar 

sulosasi 

1770-1920 

¾  Muhammad Amin Inoq  

          - 1770-1790 

¾  Avazxon   

 

 

          - 1790-1804 



¾  Eltuzarxon  

 

 



          - 1804-1806 

¾  Muhammad Rahimxon I 

 

          - 1806-1825 



¾  Olloqulixon                                                 - 1825-1842 

¾  Rahimqulixon                                               - 1842-1845 

¾  Muhammad Aminxon   

         - 1846-1855 

¾  Abdullaxon  

 

 



         - 1855-1856 

¾  Sayid Muhammadxon   

         - 1856-1864 

¾  Muhammad Rahimxon II 

 

         - 1864-1910 



¾  Asfandiyorxon   

 

        - 1910-1918 



¾  Sayid Abdullaxon            

 

        - 1918-1920 



 

Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo’lib, u soliqlarni 

to’plash va xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullangan. 

Saroyda Otaliq, Rais, Qozi kalon, Shayxulislom, Mirobboshi, Mirshabboshi

To’pchiboshi, Yasovulboshi kabi amaldorlar xon xizmatida bo’lardi. Devonbegi 

xon devonini boshqarardi. Xazinachi xonlikning kirim va chiqim hamda sarf-

xarajatlarini yuritar, bu haqda xon yoki bosh vazirga hisob berar edi. 

Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hisoblanardi. Bunday 

lavozimga ko’tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo’lib, soliqlardan ham ozod qilinar 

edi. Bunday unvonlar xon farmoni orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan. 

Saroyda mirzaboshi, munshay, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat 

ko’rsatishgan. 

 

 

Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazarasp, Gurlan, Xonqa, Ko’na 



Urganch, Qo’shko’pir, Pitnak, G’azovot, Qiyot, Shoxabboz, Shovot, Toshhovuz, Ambor-

manok, Urganch, Xo’jayli, To’manoy, Qo’ng’irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo’lingan.  




 

165


Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. 

Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko’pdan-ko’p amaldorlar bo’lgan. 

Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo’lgan. Shahar ichki 

tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko’rish va jazo tayinlash shahar 

qozisi, poytaxtni tasodifiy xujumlardan himoyalash To’pchiboshi va Ichan-qal’a, Dishon-

qal’a qutlovi (komentanti) zimmasida bo’lgan. 

Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo’shin bo’lib, qo’shinga 

lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod 

etilgan. Yurishda qatnashgan har bir suvoriy 5 oltin tanga olgan. Xonning ko’rsatmasiga 

binoan, o’zini ko’rsatgan xarbiy lavozimdagilarga 10,20, 50,100 va undan ham ko’proq 

miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-100 tanga, yuzboshilarga 10-20 tanga maosh 

berilgan. Tinchlik paytlarida askarlar xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar. 

Xon qo’shinlari Buxoro qo’shinlari kabi qilich, o’q-yoy, nayza bilan qurollangan. 

Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo’lardi, oz miqdorda to’plar ham bor edi. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling