£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro amirligiga qarshi
Rossiya bosqini. 1864 yil may oyida Qo’qon xonligi hududiga Sharq tomondan
polkovnik Chernyaev qo’mondonligidagi Rossiya qo’shinlari, G’arbdan polkovnik Verevkin qo’shinlari bostirib kirdi. Ular tomonidan Qo’qon xonligining muhim va tayanch shaharlari- Avliyoota, So’zak, Turkiston shaharlari egallandi. Bosqinchlar 1864 yil 14 iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada Qo’qon xoni Sayyidxon va lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlarini to’plab, Chimkent atrofida jangga tayyorlandilar. Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida uch kun davomida qattiq jang bo’ldi. Manbalarda yozilishicha, jangda shunday qirg’in bo’ldiki, o’liklardan tepalar hosil bo’ldi. Jangda Mulla Alimqul qo’shinlari g’olib chiqdi, Chernyaev qo’shinlari jangda engilib orqaga chekinishga majbur bo’ldi.
Mulla Aliquli o’z qo’shinlarini bosqinchilar egallagan shaharlarni ozod qilish uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarning Qo’qon xonligi xududlariga bostirib kirganligi to’g’risida xabar olindi. Mulla Alimqul o’z qo’shinlari bilan Qo’qon himoyasiga otlanishiga majbur bo’ldi. Vaziyat Chernyaevga qo’l keldi, uning qo’shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda qo’shilib, 1864 yil 14 sentyabrda Chimkentga yangidan yurish uyushtirdi va shaharni bosib oldi.
Chernyaev 1864 yil 2 oktyabr kuni Toshkentga hujum boshladi. Toshkent Qo’qon xonligining eng yirik, muhim strategik ahamiyatga molik shahari bo’lib, uzunligi 25 chaqirim, eni 2-3 metr, balandligi 5-7- metr bo’lgan devor bilan o’rab olingan edi. Devor tepasining kengligi 2 m. bo’lib, mudofaa minoralari, o’q otadigan shinaklari bo’lgan, devor atrofi suv to’ldirilgan zovur bilan o’rab olingan edi. Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli Chernyaev qattiq mag’lubiyatga uchradi, 72 zobit va askarni yo’qotdi. Chimkentga qaytishga majbur bo’ldi. Chernyaev 1864-1865 yil qishini tayyorgarlik bilan o’tkazdi, uning qo’shinlari Sibir va Orenburgdan etib kelgan qurol-yarog’, yangi batalonlar, sapyorlar rotalari bilan to’ldirildi. Mahalliy aholi orasida o’z Vataniga xiyonat qiluvchi, dushmandan panoh 176
izlovchilar ham topildi. Abdurahmonbek, Saidazimboy, Soatboy kabi sotqinlar Toshkentni egallashda Chernyaevga ko’maklashdilar. 1865 yil bahoridan Chernyaevning yangi hujumi boshlandi. 28 aprel kuni Chirchiq daryosi qirg’og’idagi Niyozbek qal’asini egallab, Toshkentni suv bilan ta’minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq daryosidan suv chiqarib beruvchi to’g’onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi. Amirlashkar Alimqul katta qo’shin bilan Qo’qondan Toshkentga etib keladi. Toshkent uchun shiddatli janglar bo’ldi. 9 may kuni Salar arig’i bo’yida katta jang bo’ldi. Alimqul og’ir yarador bo’ladi va halok bo’ladi. Nihoyat shahar himoyachilarining qarshiligi sindirildi, 15 iyun kuni Chernyaev Toshkentni zabt etdi. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy gubernatori etib M.Chernyaev tayinlanadi. Chernyaev 1866 yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag’lubiyatga uchraydi. O’zboshimchaligi uchun Chernyaev Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi, o’rniga general D.Romanovskiy tayinlanadi. Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga qarshi
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling