imzolandi. Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga, ya’ni xorijiy mamlakatlar bilan
mustaqil aloqalar qilaolmaydigan davlatga aylantirildi. Sulhga binoan Xo’jand, O’ratepa,
Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, amir oltin
hisobida 125 ming tilla (500 ming rubl) tovon to’lash, rus savdogarlari uchun amirlikda
qulay sharoit yaratish majburiyatini oldi. Bunday bosqinchilik, talonchilik sulhi aholi
yuqori tabaqa vakillarining nafratini kuchaytirdi. Abdumalik, Jo’rabek va Bobobek
kuchlari nafaqat bosqinchilarga, shuningdek, amir Muzaffarga qarshi ham qaratiladi. Ular
Abdumalikni amir deb e’lon qiladilar. Amir Muzaffar endi bosqinchilarga emas, fon
Kaufman yordamida o’z vatandoshlariga qarshi urushga kiradi va 1870 yil avgustda
ularni kuch bilan bostirib, o’z taxtini saqlab qoladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari amirlik
tarkibida qoladi.
Rossiya hukumati o’zining O’rta Osiyodagi bosqinchilik harakati bilan G’arb
mamlakatlari, jumladan, Angliya bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslik tadbirlarini
ham ko’rdi. Rossiyaning Londondagi elchisi F.I.Brunov va Angliya tashqi ishlar vaziri
lord Klarendon o’rtasida bo’lgan muzokaralar bunga misol bo’la oladi. Ular Turkiston
«bufer» poyasi, ya’ni O’rta Sharqda Rossiya bilan Angliya erlari o’rtasida birini-biriga
tutashtirmaydigan betaraf hudud masalasini muhokama qildilar. 1873 yilda Angliya va
Rossiya o’rtasida Afg’onistonning Angliya ta’sirida bo’lishi, uning shimoliy qismi va
Amudaryo bo’ylari «betaraf hudud» bo’lib qolishi to’g’risida bitim imzolanadi. Bu bitim
178
Rossiya imperiyasiga endi Xiva xonligi taqdirini hal qilishga kirishishga qulay imkoniyat
yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |