£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Angliya-Rossiya raqobati. XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan 

Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada 

kuchayadi.  

 

XIX asr o’rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk Britaniya va 



Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ikkala davlat  bir-biridan yashirin 

ravishda O’rta Osiyoga kirish, xonliklardagi hukmron sulolalar bilan til topish yo’llarini 

qidirardi, shu maqsadda harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan, 



 

174


Rossiya qozoq cho’llari va Sibir tomondan harakat qilardi, o’zbek xonliklarini o’z ta’sir 

doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan 

foydalanish, o’z mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan ingliz-rus raqobati 

kundan-kunga kuchayib bordi. 

 

Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik 



aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan 

xavfsiramoqda edi. Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan xabardor bo’lgan 

Angliya hukumati Rossiya rejalarini barbod qilish choralarini ko’rdi. Ost-Indiya 

kompaniyasi tomonidan josuslik ma’lumotlari to’plash maqsadida yuborilgan 

E.K.Meyendorf 1824 yildayoq Buxoroda bo’lgan, ammo maqsadiga erishaolmay shu 

erda halok bo’lgan edi. 1831 -1833 yillarda mazkur kompaniya leytenanti Aleksandr 

Berns Hindistondan Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo sayyoh sifatida keladi. U 

yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga sayohat» nomli 

kitob yozib, unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni bilmaganlaridan barcha 

narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida ham tortinmay 

so’zlashdilar», -deb yozadi. 

 

Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa 



uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842 yillarda Angliya hukumati mayor Konollini 

Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va 

Buxoro amiri huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchchala Xonlik bir-

birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif qilib, rus 

qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq 

ularning rasmiy hujjatlari bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. 

Bularni qutqarish uchun Angliya tomonidan Turkiya homiyligida mayor Volf Buxoroga 

yuboriladi, ammo uning 1843-1845 yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi

zindondagilar qatl etiladi, Volfning o’zi zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843 yilda 

Xivaga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum. 

 

Ingilizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit 



berardi. Shu boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib, Afg’oniston 

amirini bo’ysundirish, Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy 

kuchlarni joylashtirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880 

yillarda Afg’onistonga ikki marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni 

bo’ysundira olmadi. 

 

Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, 



bozorlarda ingliz tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r 

berdi. Bu borada ular hind va fors savdogarlaridan keng foydalandi. 

 

Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi chor 



Rossiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, 

harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 

 Xonliklarning 

shimoliy-g’arbiy 

hududida Orenburg general-gubernatori 

V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834 yilda Kaspiy 

dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo-

Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845 yilda Orenburg va Yoyiq, 1847 yilda 




 

175


Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy istehkomlari qurildi. 

Perovskiy qo’shinlari 1853 yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo’lgan 

Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u erda mustahkam o’rnashadi. 

 Xonliklarning 

shimoliy-sharqiy 

tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori 

G.Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847 yilda Ettisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita 

harbiy istehkom, 1848 yilda Qorabuloq qal’asini, 1854 yilda Olmati ovuli yonida Verniy 

istehkomini qurib, harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860 yilda Qo’qon xonligi hududiga 

qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin-

ketin bosib ola boshladi. 

 

Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta Osiyoga 



e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi. 

Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861 

yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon 

xonligini bir yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta 

Osiyo xususidagi raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Rossiyaning harbiy kuch 

bilan O’rta Osiyoni egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling