£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


qurildi. 1890-1905 yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

qurildi. 1890-1905 yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li qurilib, Turkiston 

Rossiyaning markazi bilan bog’landi. 1915 yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-

Shahrisabz-Kitob temir yo’li qurildi. Temir yo’llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan 

ko’plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko’chib kelishdi va ular qadimiy Turkiston 

shaharlariga joylashtirildi, ular joylashtirilgan qism yangi shahar, erli aholi yashaydigan 

qism eski shahar deb ataladigan bo’ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi 

Farg’ona) shahri vujudga keldi. 

Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo’l orqali bog’langach, rus kapitali 

(sarmoyalari) o’lkaga oqib kelaboshladi. Turkiston xom ashyo bazasida savdo-sanoat 

yuritish, zavod-fabrikalar qurishga intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar 

banki, Rossiya davlat banki pul qarz berib turdi. Natijada bir qator zavodlar, savdo 

shohobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi.  Paxta va uni xarid qilish 

bilan shug’ullanuvchi 30 ta savdo shohobchasi vujudga keldi. 1913 yilda tuzilgan 

«Beshbosh» degan paxta-yog’ shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi, o’lkada 

etishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilardi, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 

160 ming tonna chigit tayyorlardi. Katta sarmoyador Vodyaevlar Turkistonda 

«Vodyaevlar savdo uyi»ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi. Farg’ona vodiysidagi 

keng paxta dalalari, temir yo’llar, paxta tozalash zavodlari va Ivanovo to’qimachilik 

korxonalari Vodyavlar nazoratidagi katta kombinat tarkibiga kiritilgan edi. Ular yiliga 

Farg’ona vodiysida etishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi. 

Mustamlakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo’lgan mahalliy 

aholi shunchalik qashshoqlashib bordi. Dehqonlar og’ir shartlar asosida qarz olardi, 




 

185


qarzini to’layolmay o’ziga tegishli erini sotib, ersiz qolardi, mardikorlik, chorakorlik 

qilishga majbur bo’lardi. Ular yoki er egalari qo’lida yollanib batraklik qilishga yoki yangi 

ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish hai evaziga ishlashga majbur bo’lardi. Erni 

Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa o’lkada 90-100 

gektarcha sug’oriladigan eri bo’lgan boy xo’jaliklari vujudga keldi. XX asr boshlaridagi 

ma’lumotlarga ko’ra o’lka aholisining 70 foizi kambag’al va qashshoqlar, 17 foizi o’rta 

hol, 13 foizi o’ziga to’q, boy oilalar hisoblanardi. 

Rossiyalik sarmoyadorlar o’lkada paxta tozalash, yog’ va spirt ishlab 

chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, sovun, g’isht, ko’n, mis eritish, jun 

yuvish,ohak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, ulardan mo’may 

daromad olishni yo’lga qo’ydilar. 1908 yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari 

faoliyat yuritgan bo’lsa, 1917 yilda ularning soni Buxoro amirligi va Xiva 

xonligida qurilgan korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda 1200 taga etgan.  

O’lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta’sir etib, 

milliy burjuaziya va ishchilar sinfi shakllana boshladi. 1914 yilgi ma’lumotlarga ko’ra 

o’lkada 49,5 ming ishchi bo’lib, ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo’l va unga 

xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan.  Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do’konlari, 

tegirmonlar, katta-katta bog’ uzumzorlarga ega bo’lgan mahalliy burjuaziya tabaqasi ham 

faoliyat yuritdi. Mahalliy aholiga mansub ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5-

3,5 baravar kam ish xaqi to’langan. Dehqonmi, mardikormi, ishchimi mahalliy aholi 

Rossiya  mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi. 

Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o’tmaydigan tovarlari sotiladigan 

bozorga aylantirildi. 1895 yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 

million so’mdan ortiqroq summada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog’och, choy, 

oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo’lsa, 1914 yilda sotilgan buyumlar salmog’i 

243 million so’mdan oshib ketdi. Sotilgan maxsulotlarning 40 foizi o’lkadan tashib 

ketilgan paxtadan Rossiya to’qimachilik korxonalarida to’qilgan gazlamalar tashkil etardi. 

Rossiya savdo-sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham, 

Turkistondan xom- ashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar. 

Shunday qilib, Turkiston nafaqat Rossiya davlatining, shuningdek, rossiyalik 

savdo-sanoatchilar manfaatiga xizmat qiladigan o’lkaga aylantirildi. 

Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma’naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka 



solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Uning 

mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, 

xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, ruslashtirishdan iborat edi. 

Turkiston general-gubernatorligining Farg’ona viloyati harbiy-gubernatori Skobelev 

shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning 

madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi»

1



Turkistonda ana shunday yovuz qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi. 



Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 

1870 yilda Toshkentda ochilgan kutubxona va 1876 yilda tashkil etilgan muzeyda 

                               

1

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998, 24-bet 




 

186


o’lkaning ma’naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan 

qimmatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san’at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv 

hujjatlari, qo’lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalar to’plandi. Ular ko’rikdan o’tkazilib, 

qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San’at 

darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor 

darvozasi, undagi bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi 

naqshinlar, katta qozon («Nazir-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va 

boshqalar shular jumlasidandir. 

Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina 

bordi. Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, 

ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. 

        Maorif  va  madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolalarni 

ruslar bilan aralashtirib o’qitish va tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va 1884 yilda 

Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni 

yuztadan oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars 

mashg’ulotlarini o’tadigan bo’ldi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus 

turmush tarzini singdirish edi. Chorizm ma’murlari erli aholi bolalarini «rus-tuzem 

maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish uchun o’lkadagi mahalliy ma’muriyat boshqaruvida 

rus tilini bilganlar ishlaydi, degan talabni qo’ydilar. Bu talabdan maqsad «erlilarda 

mansabga qiziqib» rus tilini o’rganish, ruslashish manfaatini uyg’otish edi. Rus tilini 

bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, o’lkada ish yuritish asta-

sekin rus tiliga o’tkazilabordi. 

Chor ma’murlari mahalliy aholiga Rossiyaning ulug’vorligini ko’rsatish, 

evropacha turmush tarziga qiziqtirish uchun Rossiyaning markaziy shaharlariga 

sayohatlar uyushtirdilar. Katta yoshdagilarni, shuningdek, yoshlarni guruh-guruh qilib 

Peterburg, Moskva va boshqa shaharlarga olib borib oq podshohning qudratini, baland 

imoratlar, ishlab chiqarish korxonalarini ko’rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar 

o’z yurtiga qaytib borgach, Rossiyaning ulug’vorligi haqida vatandoshlariga so’zlab 

beradi, Rossiya tarkibida bo’lganidan g’ururlanadi, degan maqsadda edilar. Bu tadbirlar 

ruslashtirish manfaatlarini ko’zlab uyushtirilardi. 

Mustamlakachilarning erli aholi turmushiga ma’naviy-ruhiy tazyiq o’tkazish 

dasturida o’lka xotin-qizlarini ruscha hayot tarziga o’rgatish masalasiga alohida o’rin 

berilgan edi. Shu maqsadda shaharlarda xotin-qizlar ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda 

rus shifokorlari faoliyat ko’rsatdi. Ambulatoriyalarda ayollarga zarur tibbiy maslahatlar, 

tibbiy yordamlar ko’rsatildi, bu ijobiy hol, albatta. Shu bilan birga ayollarga ruscha 

turmush tarziga o’tish, ularning farzandlari tarbiyasiga ta’sir etish, pravoslavcha 

qarashlarning afzalligi, «paranji zulmidan xalos bo’lish, ochilish» zarurligi haqida 

tashviqot-targ’ibot ham qilinardi. 

Mustamlakachi ma’murlar ruslashtirish siyosatini yuritsalarda, rus tilini yaxshi 

o’zlashtirgan ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq uyushtirardi. 

Xulosa qilib aytganda, maorif va madaniy hayotda ham chorizmning 

mustamlakachilik siyosati yaqqol namoyon bo’ldi. O’lkaning madaniy-ma’rifiy 

hayotini cheklab, o’z manfaatlariga bo’ysunduruvchi yo’l tutdi. Chorizm buyuk 



 

187


davlatchilik g’oyalarini Turkistonga zo’rlik bilan joriy etdi, milliy madaniyat va 

ma’naviy qadriyatlarni toptadi. To’g’ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda 

kommunikatsiya va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni 

tayyorlash, ma’rifatchilik va aholini jahon madaniyatidan bahramand qilish kabi 

ijobiy tadbirlarni ko’rdi. Biroq mustamlakachilik siyosati va amaliyoti o’lkaning 

iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi.  «Bu 

salbiy oqibat tashqaridan olib kirilgan tsivilizatsiya natijalaridan ko’ra bir necha 

barovar ortiq edi».

1

 

 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling