Mustamlakachilik idora usuli.
Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867 yilda
«Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi» haqida qonun loyihasini tuzdilar, u Vazirlar
Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kirdi. O’lkada mutlaq hokimiyat
general-gubernator qo’lida to’plandi. General-gubernatorlik Kengashi va to’rt bo’limdan
iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-
xo’jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag’lari ishlarini boshqargan. To’rtinchisi
maxsus bo’lim deb atalgan. General-gubernator bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug
1
Oliy malikasi Qurbonjon dodgoh jasorati to’g’risida qarang: O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob, 174-
178 betlar.
180
qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan. U Buxoro amiri faoliyatini
Rossiya imperatori agentligi orqali, Xiva xonini esa Amudaryo bo’limi boshlig’i orqali
nazorat qilib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |