£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Qo’qon xonligining tugatilishi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1973 yilda Farg’ona vodiysida
Qo’qon xonligining tugatilishi. Kaufman Xiva xonligi taqdirini hal qilgach,
Qo’qon xonligini tugatishga kirishdi. Bu vaqtda Qo’qon xonligida hokimiyat uchun ichki kurash avjga chiqqan edi. 1868 yil 13 fevralda Kaufman va Qo’qon xoni Xudoyorxon o’rtasida shartnoma imzolangan bo’lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari Rossiya tasarrufiga o’tganligi e’tirof etilgan edi. Rossiya savdogarlariga Qo’qon xonligining barcha hududlarida hechqanday moneliksiz faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega bo’lish huquqi berilgan edi. Bu shartnomadan qoniqmagan Qo’qon xonligidagi kuchlarning Xudoyorxondan noroziligi ortib boradi. Buning ustiga xonlik hududi qisqarganligini ro’kach qilib xazinani to’ldirish uchun yangi-yangi soliqlar joriy etiladi. Xudoyorxon bosqinchlarga o’zini yaqin tutar, Qo’qon bilan Rossiyani bir davlat deb hisoblardi. 1973 yilda Farg’ona vodiysida Xudoyorxonga qarshi qo’zg’olon
mulla Ishoq Hasan o’g’li boshchilik qiladi. U Qo’qon xoni Olimxonning nevarasi Po’latxon deb e’lon qilinadi va u Namanga kelib qo’zg’olonga rahbarlik qila boshlaydi. Ayni paytda xonlikda Xudoyorxonning o’g’illari Nasriddinbek va Muhammad Aminbek, Sherali dodxoh, Abdurahmon oftobachi va boshqalar ham bosh ko’taradilar. Ular bir tomondan, Chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi, ikkinchi tomondan, Kaufmanga 179
batamom tobe bo’lib qolgan Xudoyorxonga qarshi kurash boshlagan edilar. Xalq qo’zg’olonchi kuchlarga ergashadi. Qo’zg’olonchilar 1875 yil 9 oktyabrda Qo’qonni egallaydilar. Xudoyorxon ularni bostirishga ojizlik qilib, 1875 yil 22 iyulda Qo’qondan Toshkentga qochib ketadi. Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi qimmatbaho boyliklarini musodara qilib, o’zini Orenburgga surgun qiladi. Xudoyorxon, chor ma’murlari hiylasini anglab etkach, bir amallab bandilikdan qochit hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi. Xudoyorxon qochgach, qo’zg’olonchi kuchlar kimni xon qilib ko’tarish masalasida ikkiga bo’linib ketadi. Ayrim kuchlar Nasriddinbekni, boshqalari Po’latxonni taxtga chiqarmoqchi bo’ladi, ziddiyat yanada kuchayib boradi. Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni batamom bosib olish uchun 1875 yil avgustda katta qo’shinlarni urushga safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda generallar M.D.Skobelev, Golovachev va boshqa zobitlar «jonbozlik» ko’rsatdilar. Nasriddenbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobachi bosqinchilarga taslim bo’lib ular tomoniga o’tdilar. 1876 yil fevralda xalq qo’zg’olonlari qon bilan bostiriladi. Po’latxon 1876 yil 1 martda dorga osildi, uning safdoshlari ayovsiz jazolandi. 1873-1876 yillardagi Farg’ona vodiysidagi qo’zg’olonlar xalqning ozodlik harakati edi. Buni o’sha davrda Kaufman ham xalq qo’zg’oloni deb e’tirof etgan. 1876 yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoni bilan
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling