£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
qurildi. 1890-1905 yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «rus-tuzem maktabi» ochildi.
qurildi. 1890-1905 yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li qurilib, Turkiston
Rossiyaning markazi bilan bog’landi. 1915 yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi- Shahrisabz-Kitob temir yo’li qurildi. Temir yo’llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan ko’plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko’chib kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi, ular joylashtirilgan qism yangi shahar, erli aholi yashaydigan qism eski shahar deb ataladigan bo’ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi Farg’ona) shahri vujudga keldi. Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo’l orqali bog’langach, rus kapitali (sarmoyalari) o’lkaga oqib kelaboshladi. Turkiston xom ashyo bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya davlat banki pul qarz berib turdi. Natijada bir qator zavodlar, savdo shohobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta va uni xarid qilish bilan shug’ullanuvchi 30 ta savdo shohobchasi vujudga keldi. 1913 yilda tuzilgan «Beshbosh» degan paxta-yog’ shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi, o’lkada etishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilardi, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 160 ming tonna chigit tayyorlardi. Katta sarmoyador Vodyaevlar Turkistonda «Vodyaevlar savdo uyi»ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi. Farg’ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo’llar, paxta tozalash zavodlari va Ivanovo to’qimachilik korxonalari Vodyavlar nazoratidagi katta kombinat tarkibiga kiritilgan edi. Ular yiliga Farg’ona vodiysida etishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi. Mustamlakachilar qanchalik boyib borsa, arzon ishchi kuchi bo’lgan mahalliy aholi shunchalik qashshoqlashib bordi. Dehqonlar og’ir shartlar asosida qarz olardi, 185
qarzini to’layolmay o’ziga tegishli erini sotib, ersiz qolardi, mardikorlik, chorakorlik qilishga majbur bo’lardi. Ular yoki er egalari qo’lida yollanib batraklik qilishga yoki yangi ochilayotgan korxonalarga arzimagan ish hai evaziga ishlashga majbur bo’lardi. Erni Rossiya banklari yoki puldor mahalliy boylar sotib olardi. Shu tariqa o’lkada 90-100 gektarcha sug’oriladigan eri bo’lgan boy xo’jaliklari vujudga keldi. XX asr boshlaridagi ma’lumotlarga ko’ra o’lka aholisining 70 foizi kambag’al va qashshoqlar, 17 foizi o’rta hol, 13 foizi o’ziga to’q, boy oilalar hisoblanardi. Rossiyalik sarmoyadorlar o’lkada paxta tozalash, yog’ va spirt ishlab chiqarish, pivo, tamaki, un, qand, sovun, g’isht, ko’n, mis eritish, jun yuvish,ohak qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, ulardan mo’may daromad olishni yo’lga qo’ydilar. 1908 yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 1917 yilda ularning soni Buxoro amirligi va Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda 1200 taga etgan. O’lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta’sir etib, milliy burjuaziya va ishchilar sinfi shakllana boshladi. 1914 yilgi ma’lumotlarga ko’ra o’lkada 49,5 ming ishchi bo’lib, ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo’l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do’konlari, tegirmonlar, katta-katta bog’ uzumzorlarga ega bo’lgan mahalliy burjuaziya tabaqasi ham faoliyat yuritdi. Mahalliy aholiga mansub ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5- 3,5 baravar kam ish xaqi to’langan. Dehqonmi, mardikormi, ishchimi mahalliy aholi Rossiya mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi. Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o’tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895 yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 million so’mdan ortiqroq summada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog’och, choy, oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo’lsa, 1914 yilda sotilgan buyumlar salmog’i 243 million so’mdan oshib ketdi. Sotilgan maxsulotlarning 40 foizi o’lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya to’qimachilik korxonalarida to’qilgan gazlamalar tashkil etardi. Rossiya savdo-sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham, Turkistondan xom- ashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar. Shunday qilib, Turkiston nafaqat Rossiya davlatining, shuningdek, rossiyalik savdo-sanoatchilar manfaatiga xizmat qiladigan o’lkaga aylantirildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma’naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, ruslashtirishdan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligining Farg’ona viloyati harbiy-gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi» 1 .
Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870 yilda Toshkentda ochilgan kutubxona va 1876 yilda tashkil etilgan muzeyda
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998, 24-bet 186
o’lkaning ma’naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san’at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv hujjatlari, qo’lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalar to’plandi. Ular ko’rikdan o’tkazilib, qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San’at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon («Nazir-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar shular jumlasidandir. Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. Maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolalarni ruslar bilan aralashtirib o’qitish va tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va 1884 yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars mashg’ulotlarini o’tadigan bo’ldi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chorizm ma’murlari erli aholi bolalarini «rus-tuzem maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish uchun o’lkadagi mahalliy ma’muriyat boshqaruvida rus tilini bilganlar ishlaydi, degan talabni qo’ydilar. Bu talabdan maqsad «erlilarda mansabga qiziqib» rus tilini o’rganish, ruslashish manfaatini uyg’otish edi. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, o’lkada ish yuritish asta- sekin rus tiliga o’tkazilabordi. Chor ma’murlari mahalliy aholiga Rossiyaning ulug’vorligini ko’rsatish, evropacha turmush tarziga qiziqtirish uchun Rossiyaning markaziy shaharlariga sayohatlar uyushtirdilar. Katta yoshdagilarni, shuningdek, yoshlarni guruh-guruh qilib Peterburg, Moskva va boshqa shaharlarga olib borib oq podshohning qudratini, baland imoratlar, ishlab chiqarish korxonalarini ko’rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar o’z yurtiga qaytib borgach, Rossiyaning ulug’vorligi haqida vatandoshlariga so’zlab beradi, Rossiya tarkibida bo’lganidan g’ururlanadi, degan maqsadda edilar. Bu tadbirlar ruslashtirish manfaatlarini ko’zlab uyushtirilardi. Mustamlakachilarning erli aholi turmushiga ma’naviy-ruhiy tazyiq o’tkazish dasturida o’lka xotin-qizlarini ruscha hayot tarziga o’rgatish masalasiga alohida o’rin berilgan edi. Shu maqsadda shaharlarda xotin-qizlar ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda rus shifokorlari faoliyat ko’rsatdi. Ambulatoriyalarda ayollarga zarur tibbiy maslahatlar, tibbiy yordamlar ko’rsatildi, bu ijobiy hol, albatta. Shu bilan birga ayollarga ruscha turmush tarziga o’tish, ularning farzandlari tarbiyasiga ta’sir etish, pravoslavcha qarashlarning afzalligi, «paranji zulmidan xalos bo’lish, ochilish» zarurligi haqida tashviqot-targ’ibot ham qilinardi. Mustamlakachi ma’murlar ruslashtirish siyosatini yuritsalarda, rus tilini yaxshi o’zlashtirgan ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq uyushtirardi. Xulosa qilib aytganda, maorif va madaniy hayotda ham chorizmning mustamlakachilik siyosati yaqqol namoyon bo’ldi. O’lkaning madaniy-ma’rifiy hayotini cheklab, o’z manfaatlariga bo’ysunduruvchi yo’l tutdi. Chorizm buyuk
187
davlatchilik g’oyalarini Turkistonga zo’rlik bilan joriy etdi, milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni toptadi. To’g’ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash, ma’rifatchilik va aholini jahon madaniyatidan bahramand qilish kabi ijobiy tadbirlarni ko’rdi. Biroq mustamlakachilik siyosati va amaliyoti o’lkaning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. «Bu salbiy oqibat tashqaridan olib kirilgan tsivilizatsiya natijalaridan ko’ra bir necha barovar ortiq edi». 1
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling