£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushrif
- Dasturxonchi
- Shayxulislom
Mang’itlar sulolasi (1753-1920)
¾ Muhammad Rahim - 1756-1758 ¾ Doniyolbiy (otaliq) - 1758-1785 ¾ Shohmurod -
1785-1800 ¾ Haydar - 1800-1825 ¾ Nasrullo - 1826-1860 ¾ Muzaffar
- 1860-1885 ¾ Abdulahad - 1885-1910 ¾ Olimxon - 1910-1920
XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi. Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib, ularni amirning o’zi tayinlar yoki egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi. Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi, mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish, poraxo’rlik keng tarqaldi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari ¾ Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi. ¾ Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan. ¾ Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan. ¾ Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan. ¾ Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan. ¾ Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan. ¾ Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan. ¾ Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan. ¾ Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. 162
¾ To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor. ¾ Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha shaxsga etkazuvchi amaldor. ¾ Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar. ¾ Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo’lib ham o’tgan. ¾ Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan. ¾ Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqarardi. Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og’asi kabi e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan. Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xon yig’inida amaldorlarning amaliga qarab o’rni bo’lar edi. Shunga ko’ra ular xonning o’ng va so’l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq erda o’tirardilar. Ba’zilari o’tirishar, ba’zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib kirsa, ba’zilari piyoda kirardi. Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron mavqega ega edi. Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi sayyidlar hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz deyuvchi xo’jalardan iborat edi. Ular katta er-suvga, savdo do’konlariga, hunarmandchilik ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida mavqega ega bo’lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi. Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi.
Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning 163
xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonun- qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. Qo’shin askarlari, asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik beradi. Amir qo’shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi, qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mln. 300 ming so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni saqlashga sarflanardi. Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr o’rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. Qo’shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling