£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Qo’qon xonligi. XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi hududiy jihatdan O’rta
Osiyodagi yirik davlat edi. Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchchala qozoq juzlarini batamom o’ziga bo’ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non singari tog’li hududlarni o’z ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo’lar, ular qo’ldan- qo’lga o’tardi. Qo’qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o’laroq sersuv daryolari, so’lim vodiylari, serhosil erlari ko’p edi. Xonlikning markazi Qo’qon, Marg’ilon, O’zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg’ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishpak, So’zak, Oq-machit kabi yirik shaharlar ham Qo’qon xonligi tasarrufida edi. Qo’qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo’lib, taxminan 3 millioncha kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo’qonda 80 000, Toshkent shahrida 60000 aholi yashagan. Qo’qon xonligi aholisining ko’pchilik qismi o’zbeklar edi. Shuningdek, xonlik aholisi tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatarlar, hindlar va boshqa elatlarning vakillari ham yashardi. Qo’qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o’xshardi. Xon huquqi xech nima bilan chegaralanmagan hokimi mutlaq edi. Xondan keyingi ikkinchi shaxs vazir hisoblanib, u muhim davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etardi. Markaziy davlat boshqaruvida Qushbegi, Otalik, Devonbegi, Mingboshi, Shayxulislom, Qozi kalon, Parvonachi, Shig’ovul, Sarkor, Inoq, Dasturxonchi, Amin, Yassovulboshi kabi amaldorlar xizmat qilardi. Saroy qoshida maxsus kengash tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga eng oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon kengashning raisi va masalani hal qiluvchi shaxs edi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling