Komissarlari Soveti tuziladi. Uning tarkibiga 7 bolshevik va 8 ta so’l eser vakillar
kiritildi. Uning tarkibiga butun o’lka aholisining 95 foyizini tashkil etuvchi erli millat
aholisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi .
Vaholanki, oktyabr o’zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan “Rossiya xalqlari
xuquqlari Deklaratsiyasi”, “Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari
Deklaratsiyasi”, “Rossiya va Sharq musulmonlariga” xitobnomasi hamda boshqa
hujjatlarda millatlarning ozodligi, erki, huquqlari rasman e’tirof etilgan edi. Amalda esa
ulug’ davlatchilik siyosati yuritildi..
Sovetlar mahalliy aholining asriy orzularini ruyobga chiqarishni emas, balki
aksincha uni har sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyatlarini tahqirlash yo’lidan
bordilar. Sovet hokimiyatining mahalliy aholining xususiy mulklarini tortib olish, hamma
narsani Sovetlar manfaatlari yo’lida umumlashtirish yo’lida amalga oshirgan g’ayritabiiy
faoliyati pirovard oqibatda o’lka halqlarining keskin norozilik harakatlarining kuchaya
borishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |