£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Kimyo sanoati Kimyo sanoatini rivojlantirishda gaz, neft, oltingugurt, ozokrit, oshtuzi,
ohak, grafit, rangli metallurgiya chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil bo’ladigan chiqindilar boy xomashyo bo’lib xizmat qildi. 50-yillarda mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi Samarqand superfosfat zavodi, 1962 yilda Farg’ona azot o’g’iti zavodi, 1965 yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985 yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mln tonna mineral o’g’itlar 239
ishlab chiqarildi, bu 1960 yildagidan 7 marta, 1950 yildagiga nisbatan 15 marta ortiq edi. Respublika qishloq xo’jaligi mineral o’g’itlar bilan ta’minlandi va boshqa respublika, viloyatlarga o’g’itlar chiqarildi. O’zbekistonda kimyo tolalari (Farg’ona kimyo tolalari zavodi ), plastmassalar (Ohangaron “Santexnik” zavodi, Jizzax plastmassa turbalari zavodi), maishiy kimyo mahsulotlari (1971 yilda barpo etilgan Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, Namangan kimyo zavodlari, 1971 yilda Toshkent yog’-moy zavodi tarkibida qurilgan sintetik yuvish vositalari zavodi) ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar, kislotalar ishlab chiqarish katta o’rin tutardi. Andijon gidroliz zavodi, Farg’ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo’l bioximiya zavodi paxta, sholi, paxta chiqindilaridan spirt, oqsil, drojjilari, furan va boshqa mahsulotlar tayyorladilar. Farg’onada triatsetiltsellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1960 yilda 235,4 ming tonna sulfat kislotalari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1985 yilda 2,3 mln tonna tayyorlandi. Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyo vositalari ishlab chiqarish respublikaga tiqishtirildi. 1985 yilda 47,9 ming tonna turli zaharli ximikatlar ishlab chiqarildi. Zaharli vositalarining respublika paxta maydonlarida haddan tashqari keng qo’llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli - tuman kasalliklarga chalindi. Odamlar sog’lig’i hisobiga paxta xom ashyosiga ko’rsatilgan «g’amxo’rlik» xalqqa qimmatga tushdi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling