£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jizzax viloyati
Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90
ming gektar er, jumladan 26 ming gektar yangi er maydonlari sug’oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi.
1953-1963 yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar er o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi.
50-60 yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg’ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari, suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi. 235
Sobiq KPSS MQning 1966 yil May Plenumining meliorativ ishlarni kengaytirish haqidagi qarori O’zbekistonda yangi erlarni o’zlashtirsh va sug’orish ishlarini yanada kengaytirshga asos bo’ldi.
Jizzax cho’lida 70 ming gektardan ko’proq yangi erlar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan erlarda Mirzacho’l (1967), Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan poselkalar bazasida Paxtakor (1974), Do’stlik(1974), Gagarin (1974), Ul’yanovsk(1974), Il’ich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho’lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9 ming o’rinli maktablar, 6800 o’rinli bolalar bog’chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973 yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog’iston ASSRda ham suv xo’jaligi, yangi erlar o’zlashtirish ishlari keng miqyosida olib borildi. 70- yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo’yin, Kampirovot daryosi bo’yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dexqonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi.
Shunday qilib, O’zbekiston hududida 1946-65 yillarda qariyib 600 ming gektar yangi sug’oriladigan erlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966-85 yillarda 1,6 million gektar yangi erlar o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985 yilda 10 miliard kubometr suvni to’plovchi 23 suv ombori. 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug’orish tarmog’i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O’zlashtirilgan qo’riq erlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o’rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o’rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. Qishloq xo’jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo’jaliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari, mineral o’g’itlar etkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985 yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi. Cho’llarni o’zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko’paytirish uchun yuz minglab aholi oilalari bilan yashab turgan so’lim maskanlarini tashlab, majburan ko’chirildi. Qanchalab yoshlar, yigit-qizlar komsomol yo’llanmasi bilan bu dasht-biyobonli erlarga kelib, og’ir mehnat mashaqqatini chekib, davlatga ko’proq «oq oltin» etkazib berish uchun ter to’kdilar. Respublikada paxta yakkahokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko’rish mumkinki, agar 1950 yilda 1,1 mln gektar erga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985 yilga kelib bu ko’rsatkich 2 mln gektargacha etdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga ko’paydi. Ґosildorlik har gektar hisobiga 20,1 ts dan 27,0ts. ga ko’tarildi. Respublika qishloq xo’jaligida paxta etishtirish salmog’ining ortib borishi davomida o’zbek halqi nomini ne zamonlar dunyoga mashhur qilgan muhim ziroatchilik sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa mahsulotlar etishtirish asta-sekin kamayib, qisqarib bordi. Eng achinarlisi shuki, xalqimizning azaliy mashg’uloti samarasi bo’lgan bu xil mahsulotlarning ko’pi bora-bora respublikamizga chetdan keltiriladigan bo’lib qoldi. Masalan, bug’doy, arpa etishtirish 236
imkoniyati katta bo’lgani holda, uni ekish uchun sug’oriladigan erlar ajratilmas, shu bois bu ekin turlari asosan lalmikor erlarda etishtirilardi. Ґosildorlik ham gektar boshiga atigi 5- 8 tsentnerni tashkil etardi, xolos. 1985 yilda respublika bo’yicha atigi 387,9 ming tonna g’alla etishtirilgan. Bu uning ehtiyojini mutlaqo qanoatlantirmas edi, albatta. Chorvachilik, parandichilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirishda respublikaning imkoniyat darajasi qanchalik keng va va katta bo’lmasin, biroq bular ham sovetlar davrida etarli foyda va daromad bilan ishlaydigan xo’jalik tarmoqlariga aylana olmadi.
Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, ob-hayot bilan ta’minlash borasida ham jiddiy muammolar kelib chiqib, ularning yillar davomida hal etilmay kelishi esa ko’plab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Atrof- muhitning buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turlarining ortishi, erlarning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat vujudga keldi. Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o’g’itlar, aralash birikmalar bilan ishlanishi nafaqat erlarning yaroqsiz holatga, tuproq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, balki ayni paytda ming-minglab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo’ldi, son- sanoqsiz kasalliklarning vujudga kelib, keng tarqalishiga olib keldi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling