choy, tamaki, vino etishtiruvchi tarmoqlari ishladi. 1985 yilda oziq-ovqat sanoati
umumiy hajmidagi salmog’i 14 foizni tashkil etdi. Bu tarmoqda yog’ moy sanoati etakchi
o’rinda turardi. 1970 yillarda respublkada ishlaydigan 17 ta yirik yog’-moy korxonasi 2,2
242
million tonna
paxta chigitini qayta ishlab, 294 ming tonna paxta yog’i ishlab chiqargan
bo’lsa, 1985 yilda O’zbekistonda 451 ming tonna paxta yog’i ishlab chiqarilgan.
Respublikada go’sht kombinatlari 1960 yilda 97,4 ming tonna go’sht, 18 ming
tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lsa, 1985 yilda 232,3 ming tonna go’sht,
54 ming tonna kolbasa mahsulotlari etishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985 yilda 554 ming
tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog’i etishtirilgan.
Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha o’sdi. 50-yillarda Namangan va
Buxoro shaharlarida konditer-makaron fabrikalari, 1964 yilda Yangiyo’l
konditer
fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillarda qurilgan Toshkent «O’rtoq» konditer
fabrikasi 1965 yilda tubdan rekonstruktsiya qilindi. 1968 yilda Yangiyo’l drojji (achitqi)
zavodi qurildi. 1985 yilda qandolat sanoati tarmog’iga qarashli 60 ga yaqin zavod va
tsexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: