£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Transport 50-80-yillarda temir yo’l transporti ancha rivojlandi. 50-yillarda uzunligi 627
km bo’lgan Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li qurildi va Quyi Amudaryo shahar va tumanlari O’zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan temir yo’l orqali bog’landi. 1962 yilda qurilgan, uzunligi 280 km bo’lgan Navoiy-Uchquduq temir yo’li yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan bog’ladi.
Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi cho’llarida yangi erlarni o’zlashtirish bilan bog’liq ravishda 1962 yilda Jizzax- Mehnat (133 km), 1970 yilda Samarqand-Qarshi (144 km) temir yo’llari qurildi va yangi tashkil etilgan xo’jaliklar Respublika markazi va sanoat markazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974 yilda Termiz-Qo’rg’ontepa (218 km), 1975 yilda Taxiatosh-Nukus (13 km) temir yo’llari qurilib ishga ishga tushirildi va Qoraqalpog’iston poytaxti respublikaning temir yo’l tarmog’i bilan bog’landi.
1972 yil Qo’ng’irot-Beynov (408 km) temir yo’lining qurilishi natijasida O’zbekiston va boshqa O’rta Osiyo respublikalaridan sobiq SSSR Evropa qismi va Kavkazga ikkinchi temir yo’l ochildi. Respublika temir yo’llarining uzunligi 1985 yilda 3,5 ming kmni tashkil etdi.
Avtomobil transporti tez sur’atlar bilan o’sdi. 50-70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobil yo’llari -Katta O’zbekiston trakti (Toshkent-Termiz) ta’mirlandi, Toshkent-Olmaliq, Toshkent-Buxoro-Nukus, Mo’ynoq-Zarafshon, Samarqand-Chorjo’y, Farg’ona xalqa yo’li, Toshkent xalqa yo’li qurilib foydalanishga topshirildi. To’rtko’l shahridan Amudaryoning so’li sohili bo’ylab Nukus shahri orqali Taxtako’pirga olib boruvchi Qoraqalpog’iston trakti qurildi. Qizilqum cho’lini kesib o’tuvchi va qorako’lchilik xo’jaliklarini viloyat va respublika markazlari bilan bog’lovchi Buxoro- Gazli-Sazakino avtomagistrali, Qamchiq davoni orqali respublika poytaxtini qisqa masofada Farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi Toshkent-Angren-Qo’qon avtomobil yo’li qurildi. Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik shaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxozlarga, posyolka va qishloqlarga qatnaydigan avtomobil marshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiq avtobus va taksomotor parklari barpo etildi va ular o’z davrining texnika vositalari bilan ta’minlandi. Respublikaning avtomobil yo’llari uzunligi 80,4 ming km ni, shu jumladan usti qattiq qoplama bilan 243
qoplangan yo’llar 66,7 ming km ni tashkil etdi. 1985 yilda avtomobil transporti 1960 yilga nisbatan 5,5 marta ko’p yuk tashidi yoki 1985 yilda 1,1 mlrd tonna xalq xo’jaligi yuklarini tashidi. Umumiy foydalanishdagi avtobuslarda passajirlar tashish 1985 yilda 2,5 mlrd kishini tashkil etdi, bu 1960 yilga nisbatan 7 marta ortiq edi.
Havo transportining ahamiyati ortib bordi. Havo yo’llari respublikaning 120 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog’ladi. Toshkent shahri havo yo’llari orqali Ittifoqning markaziy shaharlari, respublikalarning poytaxtlari, yirik sanoat markazlari bilan bog’landi.
Shahar yo’lovchi transporti ham kengaydi. 1947 yilda Toshkentda temir yo’l vokzali bilan eski shahar orasida uzunligi 18 km bo’lgan birinchi trolleybus yo’li qurilib, troleybus qatnay boshladi. 1946-47 yillarda shaharlarda taksi mashinalari orqali passajirlar tashish yo’lga qo’yildi. Troleybus qatnovi Samarqand (1956), Olmaliq (1968), Farg’ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973) shaharlarida ham yo’lga qo’yildi. Respublikaning 80 ta shahar va poselkalarida avtobuslar qatnovi tashkil etildi.
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda Toshkent metropolitenining o’rni katta. Toshkent metrosi 1972 yildan boshlab qurila boshlandi, uning 12, 1 kmlik birinchi yo’nalishi 1977 yilda, ikkinchi yo’nalishi 80-yillarda foydalanishga topshirildi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling