£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


XII BOB. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O’ZBEKISTONNING


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

XII BOB. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O’ZBEKISTONNING 

MA’NAVIY-MADANIY QARAMLIGI VA UNING OQIBATLARI 

 

Tayanch so’z va iboralar:  Madaniy siyosat. Xalq ta’limi. Oliy ta’lim. 

O’rta maxsus ta’lim. Ilm-fan. “Hujum” harakati. Adabiyot va san’at. 

Kommunistik mafkura tazyiqi. 

 

1.  XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonning ma’naviy-madaniy va ma’rifiy 

hayoti, unga hukmron kommunistik 

 mafkura ta’siri 

 

XX asrning 20-30 yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o’ziga xos murakkablik, 

qiyinchilik bilan kechdi.  

Xalq ta’limi  20-yillar boshlariga kelib O’zbekiston hududida madaniy qurilishning eng 

dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari boshlab 

yuborildi. Sovetlar O’zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo’l tutar ekan, bundan 

ko’zlagan asosiy maqsadlari o’lkada xalq ta’limi bo’g’inlarini ravnaq toptirish, xalq 

savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifatdan bahramand etish orqali yurt farzandlari ongi, 

shuuriga kommunistik g’oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo’l bilan o’zlariga 

jo’n xizmat qiladigan avlodni tarbiyalab voyaga etkazish edi.   

Sovetlar avval boshda O’zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq 

kayfiyati va ruhiyatini, uning o’ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar 

hisobga olib, bu erda eski va jadid usulidagi maktablar, madrasalarning ham faoliyat 

yuritishiga monelik ko’rsatmadi. Buning orqasida bu o’quv dargohlari navqiron avlodga 

ta’lim berish, ulug’ bobokalonlar merosi va sharqona odob, axloq ruhida tarbiyalashda o’z 

ulushini qo’shib bordi. Lekin sovetlarning bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular 

o’lka hayotiga moslashib olgach, 20-yillar o’rtalaridan e’tiboran o’zbek xalqi ma’naviy 

hayotining ko’p zamonlar uzviy qismi bo’lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-

tarbiya tizimini barham toptirdi. Uning ko’p sonli ziyolilar faoliyati to’xtatib qo’yildi. 

Ularning taqdir-qismati og’ir sinovlarga duchor etildi. Bu ham sovetlarning tili boshqa-yu, 

dili boshqa ekanligidan, ularning madaniy siyosati zamirida qanday makkorona 

maqsadlar yashirinligidan yaqqol dalolatdir.  

1920 yil 17 sentyabrda Turkiston ASSR hukumati o’lkada 8 yoshdan 40 

yoshgacha bo’lgan kishilarni o’qitish va savodxon qilish to’g’risida dekret qabul qildi. 

Bundan ko’zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi 

ta’siriga olish edi. Shularni hisobga olib respublikaning turli hududlarida ko’plab 

savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etildi. Ularga turli yoshdagi kishilar jalb qilinib, 

savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1-besh yillik (1928-1932 yy.)da O’zbekistonda jami 

700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2 besh yillik 

(1933-1937 yy.) davrida 1 mln.400 ming nafar kishini tashkil qildi.   

Respublikada boshlang’ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq esa 7 yillik 

ta’limga o’tilishi ham xalq ta’limi sohasida muhim o’zgarishlardan bo’ldi. Maktab 

qurilishi, uning malakali o’qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o’quvchilar soni yil sayin 




 

247


o’sib bordi. Ma’lumotlarga ko’ra, agar 1924-25 o’quv yilida O’zbekistonda 160 ta sovet 

tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o’quvchi ta’lim olgan bo’lsa, 1941 

yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o’quvchilar soni 

esa 1 mln. 315 ming nafarga etgan.  

Sovet xukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to’liq ravishda o’z izmiga 

bo’ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o’zbek yozuvini ham isloh 

qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1928 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o’tildi.  

Birgina eski o’zbek yozuvini o’zgartirishda qo’llanilgan shoshma-shosharlik respublika 

xalq ta’limining keyingi taqdiri uchun nechog’lik salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, albatta.  

Yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlarining moddiy bazasi, zaif bo’lib, zarur 

jihozlar bilan ta’minlanmadi. Milliy respublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan 

tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o’quv qo’llanmalari asosida olib boriladigan 

bo’lib qoldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 

30-yillarga kelib respublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o’tkazish, 

muallimlar tarkibini elak-elak qilish atayin kuchaytirildi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling