£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Oliy va o’rta maxsus ta’lim Respublikada oliy va o’rta maxsus ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash iqtisodiy va madaniy qurilish ishlari taraqqiyot istiqbollari bilan bog’lagan holda olib borildi. Urushdan keyingi yillarda oliy va o’rta maxsus ta’lim ancha o’sdi. 50- yillarda 3 ta oliy o’quv yurti-Andijon meditsina instituti, Toshkentda Elektrotexnika aloqa, Fizkultura institutlari, 60-yillarda 8 ta yangi oliy o’quv yurti-Andijon paxtachilik instituti, Farg’ona politexnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari kabi oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta oliy o’quv yurtlari-Nukus Davlat universiteti, Toshkent avtomobil-yo’llar instituti, Pediatriya instituti va boshqalar ochildi. 1960 yilda 30 ta oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlangan bo’lsa, 1985 yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi.1961-1985 yillardan respublika oliy o’quv yurtlari 828 mingga yaqin muhandislar, iqtisodchilar, agronomlar, huquqshunoslar o’qituvchilar, madaniyat va san’at xodimlari etishtirib berdi. Shuningdek, o’rta maxsus o’quv yurtlari tarmog’i ham kengaydi. 1960 yilda 75 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 1965 yilda ularning soni 249 taga etdi. 1961-1985 yillarda 1mln.135 mingga yaqin o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi. Ayni chog’da bu tizim faoliyatida ham jiddiy nuqsonlar mavjud edi. Mutaxassislar tayyorlashda son jihatidan ko’p kadrlar tayyorlash birinchi o’rinda bordi. Kadrlar tayyorlash sifatini ko’tarish sohasidagi sa’y-harakatlar kutilgan natija bermadi.
respublikada ilm-fanning markazi bo’lib qoldi. 1945-85 yillarda ko’plab yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stantsiyalar tashkil etildi. 80- yillarning boshlariga kelib akademiya tarkibida Qoraqalpog’iston ASSR filiali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jumladan, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib bordi.
Akademik O.S. Sodiqov g’o’zadan o’stiruvchi moddalar va boshqa preparatlar sintez qildi. H.A.Rahmattullin, U.O.Oripovlar aniq ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyoviy usullarini ishlab chiqdilar.
Selektsioner olim S.M. Mirahmedov va boshqalar paxtaning «Toshkent- 1», «Toshkent-2», «Toshkent-3», «Toshkent-4» singari hosildor, tez pishar, tolasi sifatli yangi navlarini etishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzovot va poliz ekinlarining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60 dan ortiq navlari etishtirildi. O’zbekistonda geologiya fani katta yutuqlarga erishdi. H.M.Abdullaev, I.X.Hamraboev, I.M.Isomuhammedov, X.N.Boymuhamedov K.L.Boboev, A.M.Akramxo’jaev, X.T.To’laganov, G’.M.Mavlonov singari mashhur olimlar dunyo rudali-petrografik provintsiyalari klassifikatsiyasi, elementlarning 254
geokimyoviy klassifikatsiyasi, O’rta Osiyo litosferasining geologik-geofizik modellarini ishlab chiqdilar. Oltin, gaz va neft qazib chiqaruvchi sanoatlar, shisha, keramika, abraziv materiallar sanoati tarmoqlarini barpo etishga, aholi manzillarida er osti suvlaridan foydalanishni yo’lga qo’yishga ko’maklashdilar.
O’zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasining rivojlanishi M.T.O’rozboev, H.A.Rahmatulin, V.Q.Qobulov, H.H.Usmonxo’jaev, G.A. Koshevnikovlar nomlari bilan bog’liq. Ular mashina va mexanizmlar nazariyasi bo’yicha ilmiy maktabga asos soldilar.
Respublikada 1966 yilda Kibernetika instituti tashkil etilgach, akademik V.Q. Qobulov etakchiligida sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida kibernetika va hisoblash texnikasi vositalari asosida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari yaratildi va joriy qilindi.
Aniq va fundamental fanlarning boshqa yo’nalishlarida ham muhim kashfiyotlar, jiddiy yutuqlarga erishildi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham bir muncha tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf, antropolog olimlarning izlanishalari natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga bag’ishlangan asarlar yaratildi. Biroq ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi tadqiqot ishlari marksizm-leninizm doirasida qolib ketdi. Sotsializm g’alabasi, O’zbekistonning nokapitalistik taraqqiyot yo’li, rivojlangan sotsializm qurilganligini asoslash, millatlar va sinflarning yaqinlashuvi natijasida kishilarning yangi tarixiy birligi sovet xalqining vujudga kelishi kabi behuda. samarasiz masalalar bilan o’ralashib qoldi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling