£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Respublika huquqlarining cheklanishi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Respublika huquqlarining cheklanishi Mamlakatda totalitar tizimning qaror topishi,
shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon - ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston timsolida ham yaqqol qo’zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSR itifoqi organlariga bo’ysundirildi. Shuningdek, bu erdagi yagona rahbar tashkilot - O’zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo’limi maqomida faoliyat yuritardi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markazqo’mi qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti (Komsomoli) va boshqa jamoat tashkilotlari ham Markazdagi shu xildagi tashkilotlarning aynan andozasi asosida tuzilgan bo’lib, ularga to’liq bo’ysungan holda faoliyat yuritardi. Shu bilan birlikda bu tashkilotlarning barchasi kompartiya etakchiligida, uning siyosiy - g’oyaviy ta’sirida bo’lib, o’z a’zolarining ongi, tafakkurini shu partiyaning mafkurasi, g’oyasi ruhida shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Negaki, mustabid tuzum sharoitida jamiyat a’zolarini boshqacha ruhda tarbiyalash to’g’risida gap bo’lishi mumkin emasdi. Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy- ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil hal etishga haqli, huquqli emas edi. Buning uchun avvalo Markazning roziligini olish talab etilardi. O’zbekiston mustaqilligining nechog’lik rasmiy, yuzaki mazmunda bo’lganligi fakti uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o’z aksini topgan edi. Jumladan, O’zbekistonnning 1937 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e’tibori bilan asosan 1936 yil 5 dekabrdan kuchga kirgan SSSR konstitutsiyasining aynan nusxasi edi. 262
Unda respublikaning mustaqilligi, fuqarolarining huquqlari, erkinliklari madh etilmasin, biroq ular amaliyotda nechog’lik soxta, quruq safsatalar bo’lib chiqqanligi hammaga ayondir.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling