£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Boshqaruv sohasidagi islohotlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Boshqaruv sohasidagi islohotlar 


 

318


 

4. Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi 

 

O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik 



jamiyat qurishdan iboratdir.  

Demokratik jamiyat kurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar 

yo’q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir - biriga 

aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q, deganida haqlidir. To’g’ri, demokratik 

jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o’z xohish-

irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko’pchilikka bo’ysunishi; 

davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab 

qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar.  O’zbekiston 

demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon tsivilizatsiyasiga 

asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz 

negizlarini, ma’naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy 

an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo’lidan bormoqda. 

O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. 

Respublikamizda odamlar o’z qobiliyat va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalga 

oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga 

keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli 

jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan  keyingina, har bir 

insonning taqdiri, turmushi o’ziga bog’liq bo’lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o’rni 

uning solohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog’liq bo’ladi. 

 

Mahalla  O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilgan 

"Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi qonuniga binoan, 

shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda 

shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’tkaziladigan bo’ldi. Fuqarolarning 

yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organi bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni 

(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001 yil may- iyun oylarida  bo’lib 

o’tgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga saylovlarda 7840 nafar oqsoqol va 

ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning 

maslahatchilari o’z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat 

mablag’lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mahalla tizimi 

jamiyatning negiziga aylandi. 

 

O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi-ning 13-



moddasida O’zbekiston Respublikasida demokratiya 

umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra 

inson, uning hayoti, qadr-qimmati va boshqa 

dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab qo’yilgan. 

O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 

bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling