£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylov tizimi
Inson huquqlari va
erkinliklarining kafolatlanishi 319
mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan. Har bir fuqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, so’z va e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. 1995 yil 23 fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning "Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) to’g’risida" gi qonun bilan belgilab berildi. Vakil BMTning inson huquqlari bo’yicha markazi, EHXTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida"gi qonuni Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil oktyabr oyida e’lon qilingan "Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish to’g’risida"gi Farmonga binoan inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi. O’zbekistonda fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan bog’langan. Davlat o’zining fuqarolar oldidagi vazifalarini bajarmoqda. Fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab qo’yilgan. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat har bir inson zimmasiga tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrash, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, soliq va yig’imlarni to’lash majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida "O’zbekiston Respublikasini himoya qilish - O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar", deb belgilab qo’yilgan.
yil 18 noyabrda "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida", 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida" va 1994 yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to’lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O’zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling