£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Somoniylar  davrida er


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Somoniylar 

davrida er 

egalari 

¾  Mulki sultoniy (davlat tasarrufidagi erlar) 

¾  Mulk erlari (xususiy erlar) 

¾  Mulki xos (oliy martabali ruxoniylar va sayyidlar 

tasarrufidagi erlar) 

¾  vaqf erlari (diniy muassasalarga tegishli) 

¾  jamoa erlari 

 

Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, 



hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto 

viloyatlarni ham in’om qilgan. Bunday mulk iqto, ularning egalari iqtodorlar deb 

atalgan. Iqtodorlar o’ziga in’om etilgan hududlarda yashovchi aholidan 

olinadigan soliqlarning bir qismini o’ziga olish evaziga daromad olgan. Aholi 

iqtodorga bug’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. 

Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto 

vaqtincha berilgan, iqtodor bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar esa 

iqtodan umrbod foydalanganlar.  

Kam erli yoki ersiz aholi katta er egalaridan erlarni ijaraga olib mehnat 

qilganlar. Ular barzikor-qo’shchilar deb atalardi. Barzikor ijaraga olgan erda o’z 

urug’i va qo’shi bilan dehqonchilik qilsa hosilning 1/3 – 1/5 hissasini, urug’ va 

qo’sh er egasi hisobidan bo’lsa hosilning 1/10 – 1/12 hissasiga ega bo’lgan. 




 

98

Somoniylar  davlati muayyan tarixiy bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy va 



boshqa sohalarda qanchalik yuksalish, muhim o’zgarish jarayonlarini boshdan 

kechirmasin, biroq keyinchalik asta-sekin tushkunlik, parokandalik sari yuz tutib 

bordi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xususan keyingi Somoniy 

hukmdorlar: Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur ibn Abdumalik (961-976), 

Nuh ibn Mansur (976-997), mansur ibn Nuh (997-999), Abdumalik ibn Mansur 

(999-1000) davrida mamlakatda  ham mahalliy feodal beklar, amaldorlar 

o’rtasida, ham hukmdor sulola vakillari o’rtasida o’zaro ichki nizolar, ziddiyatlar 

to’xtovsiz kuchayib bordi. Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk 

askarlaridan iborat qo’shin safida ham birdamlik, hamjihatlik etishmasdi. Bu esa 

Somoniylar saltanatini jiddiy tanglikka duchor etishi tayin edi. Masalan, 

lashkarboshi Alptegin Somoniylarni 60 yil himoya qilib kelgan. Uning itoatida 

30 ming otliq qo’shin bo’lib, zarur bo’lganda 100 ming suvoriyni o’z qo’liga 

kirita olardi. Shu boisdan ham Somoniylar bilan Alptegin o’rtasidagi ixtilof va 

ishonchsizlik oxir-oqibatda Somoniylarning puturdan ketishiga olib keldi. 

Shuningdek, mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchalik, boshboshdoqlik xatti-

harakatlarining avj olishi, ularni jilovlashga markaziy hokimiyatning ojizligi 

davlatning yanada zaiflashuviga sabab bo’ldi. Xalq norozilik harakatlari shu 

qadar alangalanib bordiki, hatto amir Abdul Malik vafoti bahonasi bilan 961 

yilda Buxoro harbiy askarlari tomonidan boshlangan g’alayon amir saroyini 

talash, uni yakson qilish bilan tugallandi. 

Bunday jiddiy nizolar, ziddiyatli jarayonlar oqibatda Somoniylar davlati 

zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling